Ko‘p beriladigan savollar
E vitamini qo‘shilgan ko‘p funksiyali RELINS eritmasi va RELINS PEROXYDE SYSTEM peroksid tizimi har qanday turdagi linzalar — gidrofil, silikon-gidrogel va ortokeratologik kontakt linzalariga mos keladi.
Ikkala eritmadan flakon birinchi marta ochilganidan keyin 120 kun ichida foydalanish mumkin.
E vitamini qo‘shilgan RELINS ko‘p funksiyali eritmasi:
— Kamida 4 soat davomida dezinfeksiyalash
— 7+ soat tavsiya etiladi (masalan, tunda)
RELINS PEROXYDE SYSTEM peroksid tizimi:
— Kamida 6 soat
— Albatta platina katalizatoriga ega maxsus “OPTI-FRESH PEROKSID” konteyneridan foydalanilsin
Kontakt linzalarga parvarish qilish uchun ko‘p funksiyali RELINS eritmasini +10°С dan +25°С gacha bo‘lgan haroratda, qopqog‘i mahkam yopilgan flakonda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuridan himoyalangan joyda va havo nisbiy namligi +25°С da 80% dan oshmaydigan sharoitda saqlang.
Eritmadan faqat qutisida va flakonda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati davomida foydalaning. Flakon ochilganidan so‘ng 120 kun o‘tgach, eritmani ishlatmang. Bolalarning qo‘li yetmaydigan joyda saqlang. Eritmaning yaroqlilik muddati — ishlab chiqarilgan sanasidan e’tiboran 3 yil.
Tarkibida gialuron kislotasi bor steril izotonik eritma, PAV, dezinfektant, borat kislota, natriy borat, natriy xlorid, EDTA dinatriyli tuz, E vitamini bor.
RELINS PEROXYDE SYSTEM peroksid tizimi a’lo darajada dezinfeksiya qiladi va tarkibida konservantlar bo‘lmaganligi tufayli sezuvchan ko‘zlarda juda to‘g‘ri keladi, ammo muzug parda zarar ko‘rmasligi uchun eritmani neytrallash uchun yo‘riqnomaga qat’iy rioya qilish talab etiladi. SOFT-namlash formulasi kontakt linzalari yuzasi uzoq vaqt nam bo‘lishini kafolatlaydi. To‘plamga platina katalizatoriga ega bo‘lgan “OPTI-FRESH PEROKSID” linza konteyneri kiradi, u dezinfeksiya jarayonini faollashtiradi va 6 soatlik tozalash jarayonidan so‘ng kontakt linzalarida qolgan vodorod peroksidi qoldiqlarini neytrallashtirib beradi.
Aksariyat yumshoq kontakt linzalar, jumladan, silikon-gidrogеl, gidrogеl va ortokeratologiya (OK) linzalari peroksid tizimlari bilan mos keladi. Biroq qo‘llashdan oldin doimo linzalaringiz va eritmangiz bo‘yicha yo‘riqnomani diqqat bilan o‘rganib, mosligini aniqlash zarur. Har doim oftalmologingiz tavsiyalariga amal qiling.
Samarali tozalash va dezinfeksiya uchun:
Kamida: 6 soat
Eng maqbuli: tun bo‘yi qoldirish — peroksidning to‘liq neytrallanishi uchun
Yo‘riqnoma va shifokor tavsiyalariga qat’iy amal qiling.
E vitamini qo‘shilgan RELINS eritmasi universal tozalash vositasi hisoblanadi. Qattiq (tungi ortokeratologiya) linzalar uchun RELINS eritmasidan foydalanganda quyidagi tartib tavsiya etiladi:
1-bosqich. Tozalash. Linzalar maxsus qattiq kontakt linzalarini tozalash uchun eritma (masalan, RELINS PERFECT CLEANER) bilan va qo‘llash yo‘riqnomasi asosida tozalansin.
2-bosqich. Yuvish. Linzalarni ichimlik suvi standartiga mos suvda chaying.
3-bosqich. Dezinfeksiyalash va konditsiyalash. Chaygandan so‘ng tozalangan linzalarni maxsus konteynerga (tungi linzalar uchun, alohida sotib olinadi) joylashtirib, E vitamini qo‘shilgan ko‘p funksiyali RELINS eritmasiga kamida 4 soatga qo‘ying yoki yo‘riqnoma bo‘yicha RELINS PEROXYDE SYSTEM peroksid tizimidan foydalaning.
Kontakt linzalarni parvarish qilish uchun E vitamini qo‘shilgan RELINS eritmalari 3-bosqich — dezinfeksiyalash va konditsiyalash uchun mos keladi. Konteynerdagi eritmani har kuni yangilash zarur.
Tayyorgarlik: Qo‘llaringizni sovun bilan yaxshilab yuv¬ing. Linzalarga chang yopishmasligi uchun tuk¬siz so‘rg‘ichsiz sochiq bilan quriting.
Linzani tekshirish: Shikastlanish yoki ifloslanish yo‘qligiga ishonch hosil qiling. To‘g‘ri tomoni bilan taqayotganingizni tekshiring (chetlari tekis).
Taqish: Bir qo‘lingiz bilan yuqori qovoqni tortib oching. Ikkinchi qo‘lingiz barmoqlari bilan pastki qovoqni pastga tortib oching. Yuqoriga qarab, linzani muguz parda ustiga qo‘ying. Qovoqlarni asta-sekin qo‘yib yuboring va ko‘zingizni yumib-oching.
Harakat ketma-ketligi:
1. Zudlik bilan linzalarni yeching
2. Shikastlanish yoki kir yo‘qligini tekshiring
3. E vitamini qo‘shilgan RELINS eritmasi bilan yuvib, yana taqib ko‘ring
4. Noqulaylik ketmasa, boshqa foydalanmang
5. Ko‘z qizarib, achishsa yoki ko‘z yoshi oqaversa — oftalmologga murojaat qiling
Ehtimoliy sababi: Quruq ko‘z sindromi (QKS)
Tavsiyalar:
— Kompyuterda tanaffus bilan ishlang (20-20-20 qoidasi)
— Linzangizga mos keladigan RELINS namlovchi tomchilaridan foydalaning
— Parvarish uchun eng maqbul eritmani tanlang (masalan, E vitamini qo‘shilgan RELINS)
— Simptomlar o‘tmasa — zudlik bilan oftalmologga boring.
Kontakt linza taqish uchun yosh to‘siq bo‘lmaydi. Ularni hatto bolalar ham taqishi mumkin. Bundan tashqari, bolalik va o‘smirlikda linzalar faqat yaxshiroq ko‘rishga yordam beribgina qolmay, balki o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi, bu esa ijtimoiy moslashuvga ijobiy ta’sir qiladi.
Ammo foydalanishni boshlashdan oldin oftalmolog bilan maslahatlashish zarur, shunda ular sizning holatingizda mos kelishiga ishonch hosil qilasiz. Linzani qulay va xavfsiz taqish ko‘p jihatdan qo‘llanish qoidalariga rioya qilish va ularga mas’uliyat bilan yondashishga bog‘liq.
Kontakt linzalarni taqish qulay bo‘lishi uchun profilaktika maqsadida 2% dekspantenol va 0,15% gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS ko‘z tomchilari tavsiya etiladi.
Ular har qanday turdagi qattiq va yumshoq kontakt linzalar bilan mos keladi hamda tomizish uchun linzani olish talab etilmaydi. Tomchilarni qo‘llashdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing.
L-karnitin va L-mentol qo‘shilgan RELINS namlovchi ko‘z tomchilari: Linza taqishda noqulaylikning oldini olish uchun tavsiya etiladi. Linzani olmasdan tomizish mumkin.
A, E, B6 vitaminlari qo‘shilgan RELINS ko‘z tomchilari ва 0,41% gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS Active tomchilari: Qo‘llashdan oldin linzani olish talab etiladi.
2% dekspantenol ва 0,15% gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS ko‘z tomchilari: Har qanday turdagi qattiq (jumladan, tun¬gi ortokeratologik linzalar) ва yumshoq kontakt linzalar bilan mos keladi. Linzani olmasdan tomizish.
Tomchilarni qo‘llashdan oldin doimo yo‘riqnoma tanishib chiqing.
Qo‘llash sxemasi:
• L-karnitin va L-mentol qo‘shilgan RELINS namlovchi ko‘z tomchilari – har bir ko‘zga zaruratga qarab 1–2 tomchidan tomizish. Qo‘llash muddatiga cheklov yo‘q.
• A, E, B6 vitaminlari qo‘shilgan RELINS ko‘z tomchilari – har bir ko‘zga kuniga 2–3 marta 1–2 tomchidan tomizish. Davolash kursi — 30 kun, so‘ng 1 oylik tanaffus.
• 2% dekspantenol va 0,15% gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS, 0,41% gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS Active – zaruratga qarab har bir ko‘zga 1–2 tomchidan tomizish. Qo‘llash muddatiga cheklov yo‘q.
RELINS namlovchi ko‘z tomchilari quyidagi simptomlarni bartaraf etadi:
• Ko‘z qurishi, achishishi, “qum to‘lgandek” his qilinishi
• Ko‘zning tez charchashi
• Ko‘z qizarishi va zo‘riqishi
• Ixtiyorsiz yosh oqishi
RELINS turli formulalari va ularning afzalliklari
L-karnitin va L-mentol qo‘shilgan RELINS namlovchi ko‘z tomchilari Osmoprotektorlar (eritritol, L-karnitin) — muguz pardani himoya qiladi. Gialuron kislotasi — ko‘zni namlaydi. L-mentol — sovitadi, qizarishni kamaytiradi. Ofisda ishlaganda, linza taqqanda va quruq iqlimda ayni muddao
A, E, B6 vitaminlari qo‘shilgan RELINS ko‘z tomchilari Vitamin yetishmovchiligini to‘ldiradi. Shom payti ko‘rish yomonlashganda, ko‘z “uchganda” yoki yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarda yordam beradi.
0,41% gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS Active Qayishqoqlik darajasi yuqori gelsimon eritma — kuchli va uzoq muddatli namlash uchun. Ko‘z kuchli quriganda, 60+ yoshdagi bemorlar, haydovchilar va gormonal o‘zgarishlar davrida tavsiya etiladi.
2% dekspantenol va 0,15% gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS ko‘z tomchilari Dekspantenol — yara bitishini tezlashtiradi. Jarohatdan keyin va operatsiyadan so‘ng (shu jumladan, lazer korreksiyasidan keyin) tiklanish uchun. Qo‘llashdan oldin oftalmolog bilan maslahatlashish zarur.
Ha, 2% dekspantenol va 0,15% gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS ko‘z tomchilari hamda RELINS-GEL Tiklanish oftalmologik geli jarrohlik amaliyotlaridan keyingi reabilitatsiya uchun maxsus ishlab chiqilgan:
Dekspantenol — to‘qimalarning qayta tiklanishini rag‘batlantiradi. Natriy gialuronati — namlashni ta’minlaydi. Lazer operatsiyalaridan, to‘r parda koagulyatsiyasidan, kataraktani olib tashlash va boshqa jarrohlik operatsiyalaridan so‘ng qo‘llaniladi.
RELINS-GEL TIKLANISH geli
Tarkibida dekspantenol + allantoin + gialuron kislota bor. Ko‘z muguz pardasi va kon’yunktivitlar bitishini tezlashtiradi. Operatsiyadan keyin ko‘z qurishi va noqulaylikni bartaraf etadi.
Muhim: Faqat shifokor tavsiyasi bilan operatsiyadan keyingi davrda qo‘llansin.
RELINS tomchilarini flakon ochilganidan so‘ng 90 kun o‘tgach ishlatmang. RELINS tomchilarining yaroqlilik muddati ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 2 (ikki) yilni tashkil qiladi.
• Shifokor bilan maslahatlashmasdan davolovchi oftalmologik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llamang.
• Bir necha dori vositalari birgalikda tayinlanganda, ularni qo‘llash oralig‘ida kamida 20 daqiqa vaqt o‘tsin.
• Yallig‘lanish va og‘ir holatlarda tomchilardan foydalanishni oftalmolog bilan kelishib oling.
Ehtimoliy sabab: Quruq ko‘z sindromi (QQS).
Choralar:
RELINS namlovchi ko‘z tomchilaridan foydalaning (masalan, L-karnitin / L-mentol qo‘shilgan yoki 0,41% gialuron kislotasi qo‘shilgan Active).
Ekran qarshisida ishlaganda tanaffuslar qiling (20-20-20 qoidasi). Ahvol yaxshilanmasa — zudlik bilan oftalmologga murojaat qiling.
RELINS-GEL oftalmologik gelining asosiy farqlari:
Suyuqlik qayiŝqoqligi: ko‘z yuzasida uzoqroq saqlanadi.
Uzoq muddatli ta’sir: ko‘zni uzoq vaqt namlab, himoya qiladi.
Intensiv ta’sir: gel tarkibidagi komponentlar yuqori samara beradi.
Qo‘llanilishi: faqat linzasiz, toza ko‘zga tomiziladi.
Shom payti ko‘rishni qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiya etiladi:
RELINS-GEL OZIQLANTIRISH oftalmologik geli
Tarkibida A vitamini bor – qorong‘uda ko‘rish qobiliyatini saqlashda asosiy komponent.
Ko‘z hujayralaridagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni sekinlashtiradi. Charchoq va “ko‘z uchishi”ni kamaytiradi.
A, E, B6 vitaminlari qo‘shilgan RELINS ko‘z tomchilari
A vitamini: ko‘zni qurishdan asraydi, shom payti ko‘rishning aniqligini oshiradi.
E vitamini: UV nurlanishidan himoya qiladi.
B6 vitamini: ko‘z charchog‘ini kamaytiradi.
Gialuron kislotasi: ko‘zni namlaydi va quruqlik hamda zo‘riqish ehtimolini pasaytiradi.
RELINS-GEL MADAD ko‘z salomatligini qo‘llab-quvvatlash uchun, ayniqsa ko‘zga og‘irlik tushganda va noqulay omillar ta’sirida tavsiya etiladi. O‘ziga xosligi – tarkibida kversetin borligi. Kversetin — kuchli antioksidant bo‘lib, u muguz pardani shikastlanishdan himoya qiladi. Katarktа, sariq dog‘ degeneratsiyasi, qandli diabet retinopatiyasi, to‘r parda distrofiyasi va glaukoma kabi ko‘z kasalliklari rivojlanishining oldini olish va xavfini kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, RELINS-GEL MADAD yallig‘lanish jarayonlarini yumshatadi, quruq ko‘z sindromi va allergik kon’yunktivit belgilarini engillashtiradi, ko‘zning old yuzasini himoya qiladi.