UZRU

RELINS mahsulotlariLinzalarni parvarish qilish uc...

E vitamini qo‘shilgan RELINS® Classic eritmasi

Kontakt linzalarni taqishda noqulaylik sezayapsizmi?

Quruq havo, konditsioner, uzoq vaqt monitor qarshisida ishlash, charchoq – noqulaylikning tez-tez uchraydigan sabablari. Muammoning yechimi – kontakt linzalarni to‘g‘ri parvarish qilish.

Sizga qulaylik va gigiyena uchun optimal tanlov – E vitamini qo‘shilgan ko‘p funksiyali RELINS Classic eritmasini taqdim etamiz.

Nima uchun RELINS Classic – kontakt linzalar uchun optimal eritma?

Kontakt linzalar uchun RELINS Classic eritmasi barcha turdagi linzalarni (gidrofil, silikon-gidrogel, tungi linzalar) nozik kundalik parvarish qilish uchun so‘nggi tibbiy ishlanmalar asosida ishlab chiqilgan. Uning noyob formulasi quyidagilarni ta’minlaydi:

Sezgir ko‘zlar uchun ideal qulaylik

Ko‘p pog‘onali himoya va tozalash

Uzoq davom etuvchi namlik ва himoya:

Natija: RELINS Classic eritmasi linzalarning xususiyatlarini ehtiyotkorlik bilan saqlaydi, ko‘zlarni ishonchli himoya qiladi va uzoq davom etuvchi qulaylikni ta’minlaydi.

RELINS® ERITMASINING

AFZALLIKLARI

E vitamini qo‘shilgan birinchi eritma
Tez va ehtiyotlab tozalash (4 soat va undan ko‘p)
Linzalarning barcha xususiyatlarini sifatli himoya qilish va saqlash
Gipoallergenlik – sezgir ko‘zlar uchun ideal darajada mos
Ko‘p pog‘onali namlash tizimi “linzasiz” effektini yaratadi
Eritmaning pH ko‘rsatkichi tabiiy ko‘z yoshining 7,5 ko‘rsatkichiga mos
Linzani olmasdan ko‘zga tomizib, namlash mumkin
Samaradorligi klinik jihatdan isbotlangan

Linzalarni parvarish qilish uchun E vitamini qo‘shilgan RELINS® Classic eritmasi

QULAYLIKNING 5 UNSURI

LINZALARNING VAZNSIZLIGI
Ideal pH 7.5 (bufer: bor kislotasi + natriy borat)

ARDOQLAB PARVARISHLASH
Samarali tozalash (amfoter + neionogen PAV + EDTA)

UZLUKSIZ NAMLASH
Gialuron kislotasi + kimyoviy moddalarning kombinatsiyasi (PAV) = “linzasiz”lik hissi

MUTLAQ TOZALIK
Kuchli dezinfeksiya (PGMG + natriy borat bilan kuchaytirilgan)

HUJAYRA DARAJASIDA HIMOYA
Suvda eriydigan E vitaminining antioksidant ta’siri

Linzalar uchun RELINS Classic universal eritmasi – bu: kundalik qulaylik uchun eng yaxshi eritma, sezgir ko‘zlar uchun linzalarni parvarishlash uchun gipoallergen eritma va linzalar uchun uzoq muddatli namlikni ta’minlaydigan gialuron kislotasi qo‘shilgan eritma.

Qulaylik va tejamkorlik: 360 ml flakon uzoq muddat foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Ochildan keyin foydalanish muddati – 120 kun.
Kontakt linzalar uchun parvarish eritmasi xavfsiz saqlash uchun konteyner bilan ta’minlangan.

Linzalar uchun RELINS Classic eritmasini O‘zbekistonda qayerdan sotib olish mumkin? Linzalar uchun ushbu eritmani o‘z shahringizdagi dorixonalar va optika salonlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Linzalar uchun suyuqlik narxini O‘zbekiston savdo nuqtalarida bugunoq bilib oling! RELINS Classic – sifat va ko‘z salomatligi uchun g‘amxo‘rlik kafolati.

QANDAY

ISHLAYDI?

TOZALAYDI

Samarali uch komponentli formula linza yuzasidan oqsil cho‘kindilari va boshqa iflosliklarni tez va sifatli olib tashlaydi

DEZINFEKTSIYA QILADI

Mikroblarga qarshi ikki so‘nggi avlod komponenti patogen mikroorganizmlarni yo‘q qiladi

SAQLAYDI VA NAMLAYDI

Ko‘p bosqichli namlash tizimi linzalarning yumshoqligi va elastikligini saqlaydi, “LINZASIZ”lik hissini yuzaga keltiradi

QO‘LLASH
USULI

1-QADAM
Qo‘llaringizni yaxshilab yuvib, quriting va kontakt linzalarni yeching
2-QADAM
Linzani kaftingizga qo‘ying, har bir linzaga RELINS eritmasidan 2-3 tomchi tomizing va ko‘rsatkich barmog‘ingiz uchi bilan linzaning har ikki tomonini 10-15 soniya davomida arting
3-QADAM
Linzalarni yana RELINS eritmasining ozgina miqdori bilan chaying
4-QADAM
Linzalar konteynerini RELINS eritmasining oz miqdori bilan chayib, keyin ichiga yangi RELINS eritmasini quying. Kontakt linzalarni eritma to‘liq qoplagan holda konteynerga joylashtiring
5-QADAM
Kontakt linzalarni tun bo‘yi yoki kamida 4 soat davomida eritmada qoldiring. Kontakt linzalar eritmadan oliboq taqiladi, chayish shart emas. Foydalanilgandan keyin eritmani konteynerdan to‘kib tashlang. Eritmani qayta ishlatmang

TARKIBI

Quyidagilardan tarkib topgan steril izotonik eritma:

MAHSULOT HAQIDA

Ishlab chiqaruvchi

“Doktor KLAUS” MChJ, Belarus Respublikasi
Ro‘yxatdan o‘tganlik haqida ИМ-7.104245-son guvohnoma, amal qilish muddati 04.07.2016 dan 04.07.2021 gacha
Ro‘yxatdan o‘tganlik haqida ИМ-7.105142-son guvohnoma, amal qilish muddati 03.04.2017 dan 03.04.2022 gacha

E vitamini qo‘shilgan RELINS Classic eritmasi (classic konteyner bilan), 360 ml
E vitamini qo‘shilgan RELINS Classic eritmasi (classic konteyner bilan), 115 ml
E vitamini qo‘shilgan RELINS Classic eritmasi (classic konteyner bilan), 55 ml
E vitamini qo‘shilgan RELINS eritmasi (konteynersiz), 360 ml
E vitamini qo‘shilgan RELINS eritmasi (konteynersiz) (konteynersiz), 115 ml
E vitamini qo‘shilgan RELINS eritmasi (konteynersiz) (konteynersiz), 55 ml

Eritma tarkibidagi komponentlarga yuqori sezuvchanlik.
Eritmadagi har qanday komponentga allergik reaksiya.

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
Flakon ochilgandan keyin 120 kun.

Корзина