UZRU

RELINS mahsulotlariRELINS PERFECT CLEANER eritmas...

RELINS® PERFECT CLEANER eritmasi

Tunlari ortokeratologik kontakt linzalar taqasizmi?
Barqaror ifloslanishlarni ishonchli tozalash kerakmi?

Qattiq linzalar uchun RELINS PERFECT CLEANER eritmasi  tez va ehtiyotkorlik bilan tozalashni ta’minlaydi, cho‘kindilarni olib tashlaydi va ularning hosil bo‘lishining oldini oladi.

PERFECT CLEANER eritmasining vazifaLARI

RELINS PERFECT CLEANER eritmasining asosiy afzalliklari

RELINS® PERFECT CLEANER

ERITMASINING AFZALLIKLARI

tez va ehtiyotkorlik bilan lipidlar, oqsillar va boshqa ifloslanishlarni olib tashlaydi
eritma tarkibidagi maxsus kimyoviy moddalar barqaror ifloslanish va cho‘kindilar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi
o‘simliklardan olingan tabiiy namlovchi komponent linzalarning fizik va optik xususiyatlarini saqlaydi va linzalar uzoqroq xizmat qilishini ta’minlaydi
mikroorganizmlarga nisbatan antiseptik xususiyatga ega
nozik ko‘zlar uchun ham mos
linzalarni yuvish vaqtida yumshoq ko‘pik hosil qiladi, linzadan oson va tez yuviladi

KO‘Z QULAYLIGI UCHUN MAKSIMAL G‘AMXO‘RLIK

tungi linzalardan xavfsiz foydalanish uchun qattiq linzalarni muntazam parvarish qilish talab etiladi. RELINS PERFECT CLEANER eritmasi yangi yondashuvni taklif qiladi:

tez va ehtiyotkorlik bilan tozalashni kafolatlaydi

turg‘un cho‘kindilarni parchalanishi, tozalanishi va hosil bo‘lishining oldi olinishini ta’minlaydi

kolloid zarrachalar yordamida xavfsiz mexanik tozalaydi

linzani tozalash uchun eritma oq rangli bo‘lgani sababli eritmani linzadan yuvib tashlash jarayonini ko‘rib turish mumkin

Muhim! РАСТВОР RELINS PERFECT CLEANER eritmasi faqat ortokeratologik qattiq kontakt linzalarni tozalash bosqichida qo‘llaniladi. Dezinfeksiya va saqlash uchun boshqa maxsus eritmalar zarur. Eritmani O‘zbekiston dorixonalarida va optika salonlarida xarid qilish mumkin.

QANDAY

ISHLAYDI?

EHTIYOTKORLIK BILAN TOZALAYDI

oqsil va lipid cho‘kindilaridan samarali tozalaydi

TURG‘UN CHO‘KINDILAR HOSIL BO‘LISHINING OLDINI OLADI

eritma tarkibidagi maxsus kimyoviy moddalar barqaror ifloslanish va cho‘kindilar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi

SAQLAYDI VA NAMLAYDI

o‘simlikdan olingan tabiiy namlovchi komponent linzalarning fizik va optik xususiyatlarini saqlaydi

QO‘LLASH
USULI

1-QADAM. Tozalash
• Qo‘llaringizni sovun bilan yaxshilab yuving va quriting.
• Linzani kaftingizga qo‘ying, ustiga 2-3 tomchi RELINS PERFECT CLEANER eritmasini tomizing.
• Har ikki tomonini 15-20 soniya davomida ehtiyotkorlik bilan aylana harakat bilan artib chiqing.
• Linzani yechgandan so'ng darhol tozalash lozim
2-QADAM. Yuvish
Eritma qoldiqlarini linzadan kamida 30 soniya davomida iliq ichimlik suvida yaxshilab yuving
3-QADAM. Dezinfeksiyalash va konditsionerlash
Yuvilgan linzalarni RELINS ko‘p funksiyali eritmasi (E vitamini qo‘shilgan) yoki RELINS peroksid tizimi eritmasiga joylashtiring va ishlab chiqaruvchi ko‘rsatgan muddat davomida saqlang

TARKIBI

Eritma quyidagilardan tarkib topgan:

MAHSULOT HAQIDA

Ishlab chiqaruvchi

“Doktor KLAUS” MChJ, Belarus Respublikasi
Ro‘yxatdan o‘tganlik haqida guvohnoma: ИМ -7.111742-son. Berilgan sana: 22.04.2022. Amal qilish muddati: 22.04.2027

RELINS PERFECT CLEANER eritmasi, 30 ml

Eritma tarkibidagi komponentlarga individual toqat qilolmaslik

Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 3 yil. Flakon ochilgandan keyin – 120 kun

Корзина