UZRU

RELINS mahsulotlariShirmer sinovi uchun Doctor Kl...

Shirmer sinovi uchun Doctor Klaus oftalmologik test-tasmalari

Shirmer sinovi uchun Doctor Klaus test-tasmalari kimlar uchun mo‘ljallangan?

Ko‘z yosh ishlab chiqarilishini aniq baholash uchun professional diagnostik vosita. Quruq ko‘z sindromini (QKS) aniqlash, to‘g‘ri terapiyani tanlash va diagnostik xatolardan qochish uchun oftalmolog shifokorlarga hamda kontakt korreksiyasi mutaxassislariga tavsiya etiladi.

Shirmer sinovi uchun oftalmologik test-tasmalari kimlarga zarur?

Shirmer sinovi uchun Doctor Klaus test-tasmalari — ko‘z yosh sekretsiyasini obyektiv baholash uchun ishonchli vosita. QKSda giposekresiyani tez va aniq aniqlaydi, samarali davolashni tanlash imkonini beradi. Steril individual qadoq va qulay format Shirmer test-tasmalarini diagnostikaning aniqligi va samaradorligini qadrlaydigan mutaxassislar uchun beqiyos yechimga aylantiradi.

SHIRMER SINOVI UCHUN DOCTOR KLAUS

OFTALMOLOGIK TEST-TASMALARINING AFZALLIKLARI

YUQORI DIAGNOSTIK ANIQLIK

Samarali diagnostika

XAVFSIZLIK

Har bir tasmaning steril individual qadoqlanishi tozalik va xavfsizlikni kafolatlaydi

FOYDALANISH QUYLAYLIGI

Ergonomik dizayn tasmani qadoqdan oson chiqarish imkonini beradi

Shirmer sinovi uchun Doctor Klaus test-tasmalari – oftalmologiyada keng qo‘llaniladigan, maxsus diagnostik vosita bo‘lib, quyidagi maqsadlarda ishlatiladi

Quruq ko‘z sindromini (QKS) tashxislash:

Doctor Klaus Shirmer test-tasmalari yordamida o‘tkaziladigan sinov yetarli ko‘z yosh ishlab chiqarilmasligini aniqlashning oltin standartidir

Davolash samaradorligini nazorat qilish: Ko‘z yosh o‘rnini bosuvchilar va yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan davolash natijalarini monitoring qilish.
Operatsiyadan oldingi tekshiruv va kontaktli korreksiyasini tanlash: Refraksion operatsiyalar (LASIK, FRK)dan oldin yashirin QKSni istisno qilish uchun majburiy bosqich.

Kontakt linzalar mosligini obyektiv baholash, keratoepiteliopatiya profilaktikasi.

O‘zbekistonda ko‘z yosh bezlari funksiyasini aniq baholash va QKS tashxisida mutaxassislar Shirmer sinovi uchun Doctor Klaus test-tasmalari tanlamoqda. Bu professional, steril va yuqori informativ vosita, ayniqsa qurg‘oqchil iqlim sharoitida to‘g‘ri terapiyani belgilashda muhimdir.

KIMLAR UCHUN
MO‘LJALLANGAN?

Oftalmologik klinikalar va kabinetlar — QKS diagnostikasi, refraksion operatsiyalardan keyin bemorlarni kuzatish uchun
Kontakt korreksiyasi markazlari — qattiq, ortokeratologik va skleral linzalarni tanlashda
Ilmiy-tadqiqot muassasalari — namlovchi preparatlar va ko‘z yosh o‘rnini bosuvchilarning samaradorligini o‘rganishda

QO‘LLASH
USULI

Shirmer test-tasmasini yorug‘likka tutib ko‘ring va yumaloq uchidan 0,5 sm masofada 45° buking. Paketni ochib, tasmani shikastlamasdan oling
Bemorning pastki qovoqchasini pastga tortib, tasmaning bukilgan qismini kon’yunktiva xaltachasiga (ko‘zning medial va lateral burchaklari orasidagi o‘rtaga yaqin joyga) joylashtiring
Bemor ko‘zini yumsin. 5 daqiqadan so‘ng tasmani ehtiyotkorlik bilan chiqarib, natijani baholang

Ikki ko‘zda bir vaqtning o‘zida sinov o‘tkazish maqsadga muvofiq.
*Mahalliy anesteziya ishlatilganda, tasmani qo‘yishdan bir necha daqiqa oldin tomiziladi — bu qog‘ozning ta’siridan yuzaga keladigan reflektor ko‘z yoshlanishini kamaytiradi.

Shirmer sinovi natijalarini baholash:

TARKIBI

Test-tasma ko‘z yosh suyuqligi ishlab chiqarilishi darajasini aniqlash uchun shkalasi tushirilgan filtr qog‘oz tasmasidan iborat.

Mahsulot gamma-nurlanish bilan sterilizatsiya qilingan.

MAHSULOT HAQIDA

Ishlab chiqaruvchi

“Doktor KLAUS” MChJ, Belarus Respublikasi
Ro‘yxatdan o‘tganlik haqida 29.03.2024 yilda berilgan ROSS BY.HE06.H21143-son guvohnoma

1 qadoqda 100 dona steril test-tasma, har biri alohida individual qadoqlarda

Flyuorestseinga individual toqatsizlik

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 5 yil

Корзина