Ko'z tomchilari haqida to'liq qo'llanma — maqola rasmi

Ko‘z tomchilari: Ko‘z salomatligi uchun to‘liq qo‘llanma

Ko‘z tomchilari: Ko‘z salomatligi uchun to‘liq qo‘llanma

Young,Woman,Putting,Eye,Drops,At,Home

Ko‘z tomchilari bolalar va kattalarda ko‘z kasalliklarini davolash hamda ko’zdagi noqulaylikni bartaraf etishda muhim vosita hisoblanadi. Ushbu dori vositalari keng qamrovli davolovchi, profilaktik, viruslarga qarshi, mikroblarga qarshi ta’sirga ega. Tomizilgandan so‘ng, ular tezda sklera orqali o‘tib, ko‘zning chuqur qatlamlariga yetadi. U yerda ular namlikni tiklaydi, vitaminlar bilan to‘yintiradi, dezinfeksiya qiladi va davolash ta’sirini ko‘rsatadi.

Ko‘z tomchilarining samaradorligi avvalo to‘g‘ri tayinlashga bog‘liq. Faqatgina oftalmolog-shifokor ko‘rik va diagnostika asosida mos dorilarnilarni tanlab berishi mumkin. O‘zini o‘zi davolash (instruksiyaga qarab mustaqil qo‘llash) qat’iyan man etiladi va xavfli.

Ko‘z tomchilari – eng ko‘p qo‘llaniladigan dori shakli. Faol modda kon’yunktival bo‘shliqdan tez so‘riladi va ko‘z to‘qimalariga kirib boradi. Mahalliy terapevtik ta’sir ko‘rsatib, noxush simptomlarni yengillashtiradi va og‘ir kasalliklar (masalan, katarakta, glaukoma) rivojlanishining oldini oladi. Mutaxassis bilan maslahatlashmasdan hech qanday dori vositasini qo‘llash mumkin emas.

Ko‘z tomchilari turlari: ta’siriga ko‘ra tasnifi

Farmatsevtika bozori bugungi kunda bolalar va kattalar uchun keng turdagi dorilarni taklif etadi. Ularni asosan terapevtik ta’siri va tarkibiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

• Mikrobga qarshi tomchilar: Infeksiyani keltirib chiqaruvchilarga (bakteriyalar, viruslar va zamburug‘lar) qarshi kurashadi. Bakteriyalarga qarshi, viruslarga qarshi va zamburug‘larga qarshi vositalarni oʻz ichiga oladi  
• Yallig‘lanishga qarshi tomchilar: Yallig‘lanish simptomlarini bartaraf etadi
• Allergiyaga qarshi tomchilar: To‘qimalarning allergenga bo‘lgan reaksiyasini neytrallovchi komponentlarga ega
• Glaukomaga qarshi tomchilar: Ko‘z suyuqligining chiqishini yaxshilash yoki uning ishlab chiqarilishini kamaytirish orqali ko‘z ichidagi bosimni pasaytiradi
•Kataraktaga qarshi tomchilar: Ko‘z gavharining xiralashishini sekinlashtiradi. To‘qimalarni oziqlantiradi va oqsil cho‘kindilarini eritishga yordam beradi
• Metabolik tomchilar: ko‘z to‘qimalaridagi almashinuv jarayonlariga yordam beradi
• Namlovchi tomchilar: O‘zbekistonning quruq iqlimida va kompyuter qarshisida uzoq ishlaydigan insonlar uchun katta muammo boʻlgan quruq ko‘z sindromining (QKS) asosiy belgilari – achishish, «qum to’lishi» hissi, noqulaylik va charchoqni oladi
• Diagnostik tomchilar: Ko‘z tekshiruvlarida qo‘llaniladi (masalan, gavharni kengaytirish uchun)

Aksatiyat dorilar kompleks tarkibga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishda ta’sir qiladi (masalan, bakteriyaga qarshi + yallig‘lanishga qarshi). Qaysi birini tanlash kasallik sababiga bogʻliq boʻlib, uni faqat oftalmolog aniqlashi mimkin.

Muayyan ko’rish muammolari uchun echimlar

Quruq ko‘z: Achishish, «qum», kontakt linzalar, iqlim. 

Aksatiyat dorilar kompleks tarkibga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishda ta’sir qiladi (masalan, bakteriyaga qarshi + yallig‘lanishga qarshi). Qaysi birini tanlash kasallik sababiga bogʻliq boʻlib, uni faqat oftalmolog aniqlashi mimkin. Quruq ko‘z: Achishish, «qum», kontakt linzalar, iqlim. Muammo ayniqsa O‘zbekistonning quruq iqlimi, kontakt linzalardan foydalanish, yoshga bog‘liq o‘zgarishlar va kompyuter qarshisida uzoq ishlash sababli keng tarqalgan. Namlovchi ko‘z tomchilari – ko‘z salomatligining va quruq ko‘z sindromi (QKS) profilaktikasi asosi. Ular ko‘z yoshi yetishmovchiligini qoplaydi, noqulaylikni kamaytiradi. Bunday vositalar ko‘pincha «kompyuter ko‘rish sindromi» yechimi hisoblanadi. Ular tabiiy mikroflorani qo‘llab-quvvatlaydi va kasalliklardan himoya qiladi. O‘zbekiston aholisi uchun bu – ko‘rish qobiliyatini saqlashda muhim jihat. 

Kontakt linzalar: Namlanish, tozalash.

Kontakt linzalarni taqish uchun maxsus parvarish va ko‘zni namlash talab etiladi. Noto‘g‘ri parvarish koʻz qurishi va zoʻriqishiga olib keladi. Linzalar uchun maxsus eritmalar ularni tozalayda, dezinfeksiya qiladi va saqlaydi. Kontakt linzalarga mos keladigan namlovchi tomchilar linzani yechmasdan ham tomizilishi mumkin, noqulaylikdan darhol halos etadi. Bu – ko‘zni parvarish qilishning muhim qismi.

Allergiya: Qichishish, qizarish (mavsum, maishiy kimyo).

Mavsumiy gul va daraxt changlari, maishiy kimyo, smog – O‘zbekistonda allergik kon’yunktivitning eng ko‘p tarqalgan sabablaridan. Allergiyaga qarshi ko‘z tomchilari (tomir toraytiruvchi, gistamin bloklovchi, membranani barqarorlashtiruvchi, gormonal) qichishish, qizarish va shishni kamaytiradi. Shuni unutmaslik kerakki, ular allergiyaning sababini emas, balki simptomlarini davolaydi. Kuchli smog sharoitida qo‘shimcha himoya vositalaridan foydalanish shart.

Yallig‘lanish: Kon’yunktivit, yiring, qizarish.

Yiring oqishi, kuchli qizarish – bu bakterial yoki virusli infeksiya belgisi (kon’yunktivit, blefarit, keratit). Bu holatlarda faqat shifokor tomonidan tayinlangan mikrobga qarshi tomchilar (bakteriyalarga qarshi yoki viruslarga qarshi) qo‘llanishi kerak. O‘zini o‘zi davolash nafaqat samarasiz, balki xavfli ham.

Kompyuter: Charchoq, zo‘riqish.

Uzoq vaqt davomida ekranga tikilib ishlash akomodatsiya spazmini, quruqlik va charchoqni keltirib chiqaradi. Namlovchi ko‘z tomchilari va ko‘z mashqlari (muntazam tanaffuslar, gimnastika) – eng yaxshi profilaktika. Maxsus tomchilar zo‘riqishni kamaytiradi, ko‘z yuzasini namlaydi.

Chang/Smog: Himoya.

O‘zbekiston shaharlaridagi havoda chang koʻpligi va smog ko‘zlarni zoʻriqtiradi, yallig‘lanish va allergiyalar xavfini oshiradi. Namlovchi ko‘z tomchilari himoya qatlamini hosil qiladi. Quyoshdan saqlovchi ko‘zoynak taqish ham ko‘zni zoʻriqtirish omillari bilan aloqani kamaytiradi. Bu – murakkab ekologik sharoitlarda ko‘rish qobiliyatini saqlashning muhim elementi.

Operatsiyadan keyin: Yara bitishi.

Oftalmologik operatsiyalardan keyin (lazerli korreksiya, linza almashtirish, keratoplastika va boshqalar) yara bitishini tezlashtiradigan, yallig‘lanish va infeksiyaning oldini oladigan, ko‘zni namlaydigan maxsus ko‘z tomchilari zarur. Bunday dorilarni faqat shifokor tayinlaydi. To‘liq tiklanish uchun ushbu dorilarni to‘g‘ri qo‘llash oʻta muhim.

Bolalar: Xavfsiz davolash.

Bolalar ko‘zi juda sezgir. Har qanday davolash (kon’yunktivit, jarohatlar, diagnostika) faqat maxsus, xavfsiz preparatlar bilan amalga oshirilishi kerak. Dozalash bolalar oftalmologi tomonidan qat’iy belgilanadi. Tomchi tomizish texnikasi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

O‘zbekiston klinikalarida oftalmolog va optometristlarga muntazam murojaat qilish — muammolarni erta aniqlash va to‘g‘ri davolash garovi. Shuningdek, ko‘rishni yaxshilash yoki boshqa holatlarni tuzatish uchun ko‘z tomchilarini shifokor tanlashi kerak.

Namlovchi tomchilar: qulaylik va himoya asosi

Ko‘z namlovchi tomchilari — quruq ko‘z sindromi (QKS), kontakt linzalar taqish, gormonal terapiya, allergiya, uzoq muddat monitor qarshisida ishlash va O‘zbekistonning quruq iqlimida ko‘z salomatligini saqlashda beqiyos vosita. Ular:

• Tezda noqulaylikni (achishish, “qum toʻlishi” hissi) yo‘qotadi.  
• Ko‘zni himoya qiluvchi tabiiy ko‘z yosh pardasini qo‘llab-quvvatlaydi.
• Jiddiy qarshi ko‘rsatmalar va yon ta’sirlarga ega emas.
• Retseptsiz sotiladi.
• Ofis xodimlari, haydovchilar, linza taquvchilar, operatsiyadan keyingi bemorlar va changli hududlarda yashovchilarga tavsiya etiladi.

RELINS ko‘z tomchilari: Har tomchida qulaylik va himoya

RELINS ko‘z tomchilari ko‘zlarni kompleks parvarish qilish, to‘qimalarni oziqlantirish va hujayralarni oksidlovchi stressdan himoya qilish uchun ishlab chiqilgan. Ularni muntazam qo‘llash ofisda, o‘qishda va ishlaganda ko‘ziga ko‘p ogʻirlik tushadigan insonlarga, changli yoki tutunli muhitda yashaydigan va ishlaydiganlarga tavsiya etiladi. RELINS tomchilari koʻrish qobiliyatini saqlash va QKS profilaktikasiga yordam berish orqali, quruqlik va zoʻriqishni samarali bartaraf etadi, ko‘zning tabiiy himoya tizimini mustahkamlaydi.

RELINS namlovchi tomchilar turkumi:

  1. A, E, V6 vitaminlari qoʻshilgan RELINS:
    • •Ko‘z yuzasini chuqur namlaydi.
    • • To‘qimalarni oziqlantiradi, qon tomir devorlarini mustahkamlaydi.
    • • A vitamini qorong‘ilikka moslashishni yaxshilaydi, qurishning oldini oladi.
    • • E vitamini UV nurlanishidan va erkin radikallardan himoya qiladi.
    • • V6 vitamini ko‘z to‘qimalarini oziqlantiradi, ”ko‘z uchishi”ning oldini oladi.
    • • Kurs tarzida qo‘llanadi (30 kungacha).
  2. L-karnitin va L-mentol qoʻshilgan RELINS:
    • • Tarkibida osmoprotektorlar bor.
    • • Ko‘z yosh suyuqligining tabiiy muvozanatini saqlaydi.
    • • Kompyuter foydalanuvchilari (ofis xodimlari, talabalar) uchun ayni muddao.
    • • Ko‘zdagi charchoq va zo‘riqishni bartaraf etadi.
  3. 0,41% gialuron kislotasi qoʻshilgan RELINS Active:
    • • Yuqori konsentratsiyadagi natriy gialuronat chuqur va uzoq muddatli namlanishni ta’minlaydi.  
    • • Ko‘z yuzasida namlikni ushlab turuvchi himoya “to‘r” hosil qiladi.
    • • Kuchli ko‘z qurishidagi noqulaylikni darhol bartaraf etadi.
    • • “Quruq ko‘z” sindromi rivojlanishidan ishonchli himoya qiladi.
  4. 2% dekspantenol va 0,15% gialuron kislotasi qoʻshilgan RELINS:
    • • Dekspantenol (2%) to‘qimalarning tiklanishini rag‘batlantiradi.   
    • • Gialuron kislotasi uzoq muddat namlanishni ta’minlaydi.
    • • Shikastlanishlardan va oftalmologik operatsiyalardan (LASIK, keratoplastika, katarakta olib tashlash, linza almashtirish) keyin tavsiya etiladi.
    • • Operatsiyadan keyingi davrda ko‘zdagi quruqlik, achishish va yoshlanishini bartaraf etadi.

Kontakt linzalarni tozalash uchun RELINS eritmalari:

Kontakt linzalariga mukammal parvarish uchun RELINS Classic:
• Linzalar samarali tozalanishi va dezinfeksiya qilinishini ta’minlaydi.    
• Linzalarni yumshoq va elastik holatda saqlaydi.
• Tarkibida linzalarni taqishda ko‘zlarni namlaydigan gialuron kislotasi va E vitamini bor.
• Izotonik, pH tabiiy ko‘z yoshiga mos keladi.

  • Namlovchi ko‘z tomchilari sifatida ham ishlatilishi mumkin – linzalarni yechmasdan tomiziladi va darhol noqulaylikni bartaraf etadi. Bu O‘zbekistondagi faol linza taquvchilar uchun muhim ustunlik hisoblanadi.

Moddalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlash va himoya uchun tomchilar

Antioksidant ko‘z tomchilari: Ko‘z to‘qimalarini erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qiladi, hujayralarning qarishini sekinlashtiradi, qon tomirlarini mustahkamlaydi. To‘r parda va muguz parda distrofiyalarida, diabetik asoratlardа, linza taqishda va operatsiyadan keyingi profilaktikada tavsiya etiladi. Noqulay sharoitlarda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi.

  • Kataraktada ko‘rishni yaxshilash uchun tomchilar: Ko‘z gavharining xiralashuvi ilk bosqichlarida jarayonni sekinlashtirish uchun tayinlanadi. Quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    • • Moddalar almashinuvini tartibga soluvchi va xiralashuvni bartaraf qiluvchi vositalar.
    • • Hujayra nafas olishini va regeneratsiyasini faollashtiruvchi preparatlar.
    • Ko‘rishni yaxshilash uchun vitamin va aminokislotalar qoʻshilgan ko‘z tomchilari – hujayra membranalarini tiklaydi va metabolizmni rag‘batlantiradi (ko‘rish o‘tkirligi uchun tomchilar, ko‘rish tiniqligi uchun tomchilari).

Qanday qilib ko‘z tomchilarini to‘g‘ri tomizish kerak

Davolash samaradorligi tomchilarni to‘g‘ri qo‘llash texnikasiga bog‘liq:

  1. Qo‘llaringizni yuving va dezinfeksiya qiling.
  2. Flakonni qo‘lda ushlab xona haroratigacha iliting.
  3. Boshni orqaga engashtiring.
  4. Pastki qovoqni pastga tortib, “cho‘ntak” hosil qiling.
  5. Yuqoriga qarang.
  6. Kerakli tomchini kon’yunktiva “cho‘ntagi”ga tomizing, flakon uchini ko‘z yoki qovoqqa tekkizmang.
  7. Ko‘zni yuming, eritmaning tarqalishi uchun biroz pirpirating.
  8. Muhim! 1-2 daqiqa davomida ko‘zning ichki burchagini (burun yonidagi qism) barmoq bilan sekin bosib turing. Bu dori moddalarining burun–ko‘z yoshi kanaliga o‘tib ketishini va umumiy (butun tanaga) ta’sirini oldini oladi. Zarur bo‘lsa, 10-15 daqiqa tanaffus qilib, boshqa dorini tomizing.

Bolalar uchun qo‘llash: Bolani yotqizing, ko‘zlarini yumishini so‘rang. Pastki qovoqni ehtiyotlik bilan pastga tortib, tomchini kon’yunktiva “cho‘ntagi”ga tomizing. Tomizgandan so‘ng, ko‘zning ichki burchagini barmoq bilan sekin bosib turing. Agar ko‘zda yiring bo‘lsa, avval nam steril tampon bilan ehtiyotlik bilan tozalang (tashqi burchakdan ichki burchakka qarab).

Yodda tuting: Ko‘z salomatligi va ko‘rish qobiliyatini saqlashning asosi nafaqat tomchilarni to‘g‘ri qo‘llash, balki malakali oftalmolog va optometristlarga o‘z vaqtida murojaat qilishdir. O‘zbekistondagi klinikalarda muntazam ko‘riklardan o‘tish ko‘z muammolarini erta aniqlashga va optimal davolashni, jumladan, ko‘rishni yaxshilash yoki boshqa holatlarni tuzatish uchun kerakli ko‘z tomchilarini tanlashga yordam beradi. O’zini o’zi davolash xavfli – ko‘z salomatligini faqat mutaxassisga ishonib topshiring.

MAHSULOTLARIMIZ

Lazer korreksiyasi va to'r parda ko'chishi haqida maqola rasmi

To‘r parda ko‘chishi: sabablari, belgilari va O‘zbekistonda zamonaviy davolash usullari

To‘r parda ko‘chishi: sabablari, belgilari va O‘zbekistonda zamonaviy davolash usullari

Woman is holding eyeglasses in her hands in optician store.

To‘r parda – ko‘zning eng nozik nerv to‘qimasi bo‘lib, yorug‘likni obrazlarga aylantirish uchun javob beradi. Uning ajralishi xavfli holat hisoblanadi: ichki qatlamni oziqlantiruvchi tomirlardan ajralib qoladi. Shoshilinch jarrohlik amaliyotisiz bu tuzalmas ko‘rlikka olib keladi. O‘zbekistonda bu kasallik nisbatan kam uchraydi, biroq ajralishga olib keluvchi to‘r parda yirtilishlari, asosan, yoshi katta odamlarda ko‘proq uchraydi.

Kasallik nega rivojlanadi?

Asosiy sabab — yoshga bog‘liq o‘zgarishlar. 40 yoshdan keyin ko‘zning ichini to‘ldirib turuvchi shaffof jelega o‘xshash modda — shishasimon modda tarkibidagi gialuron kislotasi kamayadi, u qisqaradi va to‘r pardani o‘z ortidan tortadi. Hosil bo‘lgan yirtilishlardan suyuqlik o‘tib, to‘r pardani ko‘chirib yuboradi.

Yuqori xavf guruhlari:

• Uzoqni yaxshi ko‘rmaslik 6 dioptriyadan katta bo’lganlar
• Ko‘z operatsiyalaridan keyin (ayniqsa, katarakta olib tashlanganidan so‘ng)
• Qandli diabet bilan og‘rigan va retinopatiyasi bo‘lgan bemorlar
• Naslida to‘r parda distrofiyasi o bo‘lgan insonlar
• Ko‘z olmasi shikastlangan bemorlar

Xavotirli simptomlar: Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

To‘r parda ajrashi dastlab beozor ko‘ringan alomatlar bilan boshlanadi:

  1. Ko‘z qirida “Chivinlar” va qora nuqtalar – qon quyilishidan darak beradi 
  2. Yorqin chaqnashlar (fotopsiya) – shisha moddasi tortilishining belgisi 
  3. Buyumlar shaklining buzilishi (metamorfopsiya) 
  4. Ko‘rishning xiralashishi 
  5. Ko‘rish maydoni chetlarida “parda” paydo bo‘lishi

Muhim jihat: Ko‘p bemorlar tongda, uyg‘ongandan so‘ng ko‘rish vaqtinchalik yaxshilanishini qayd etishadi. Yotgan holatda to‘r parda “tekislanadi”, biroq tik turganda ajralish yana davom etadi.

To‘r parda ajralishining turlari: Diagnostika xususiyatlari

Toshkent, Samarqand va Buxoro klinikalarida uch xil tasnif qo‘llaniladi:

  1. Mexanizmi bo‘yicha:
  • Regmatogen – yirtilish sababli yuzaga keladi. Ko‘proq uzoqni ko‘ra olmaydigan bemorlarga xos.
  • Traksion – diabetik retinopatiyada paydo bo‘ladigan tolachalar ta’sirida. Ko‘pincha aralash shaklga o‘tadi.
  • Ekssudativ: Yirtilishlarsiz. O‘sma yoki yallig‘lanish sababli rivojlanadi.
  1. Zararlanish maydoni bo‘yicha:

• Lokal
• Keng tarqalgan
• Subtotal
• Total

3. Muddati bo‘yicha:
• Yangi (1 haftagacha)  
• Nisbatan eski (1–3 hafta)
• Yetilgan (3 haftadan ortiq)

O‘zbekistonda zamonaviy davolash usullari

Lazer koagulyatsiyasi – ajralishsiz kechadigan periferik yirtiqlarda “oltin standart” hisoblanadi. Jarayon ambulator sharoitda, mahalliy anesteziya bilan 15-20 daqiqa davomida o‘tkaziladi. Argon lazerni qo‘llash orqali xavfli zonani o‘rab turadigan “to‘siq” choklar hosil qilinadi..

Ajralish rivojlangan hollarda qo‘llaniladigan usullar:

1. Pnevmoretinopleksiya
• Ko‘z bo‘shlig‘iga steril gaz yuboriladi 
• Bemor 5-7 kun davomida boshini maxsus holatda ushlab turishi lozim
• O‘z vaqtida murojaat qilinganda samaradorlik 85 foizgacha

2. Skleral plombalash
• Skleraga silikonli “yamoq” o‘rnatiladi
• Usul 3-5 kunlik statsionar sharoitda davolanishni talab qiladi
• Reabilitatsiya muddati odatda 2-4 hafta

3. Vitrektomiya 25G
• Mikro kesiklar orqali shisha tanasi olib tashlanadi 
• Uning o‘rniga maxsus gaz yoki silikon moy kiritiladi
• Gigant yirtiqlar yoki diabetik ajralishlarda qo‘llaniladi

4. Sklerani ballonlash
• To‘r pardani joyiga bosib turish uchun vaqtincha ballon o‘rnatish 
• Plombalashga nisbatan kamroq jarohat yetkazadigan muqobil usul

Reabilitatsiya: Natijani qanday saqlash mumkin?

O‘zbekistondagi klinikalarda operatsiyadan so‘ng bemorlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

  1. Boshni bir holat ushlab turish (ayniqsa pnevmoretinopleksiyadan keyin)
  2. Istisno etish kerak bo‘lgan holatlar::
    • • Og‘ir yuk ko‘tarish (>3 kg) (1 oy)
    • • Egilish, sakrash, hammomga kirish (2 oy)
    • • Suzish (3 oy)
  3. 2% dekspantenol va 0,15% gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS ko‘z tomchilaridan foydalanish:
    • • Dekspantenol: shikastlangan to‘qimalarning regeneratsiyasini tezlashtiradi
    • • Gialuron kislotasi: O‘zbekistonning issiq va quruq iqlimida ko‘z qurishidan himoya qiladi

Prognoz va profilaktika

Ko‘rish qobiliyatini tiklash imkoniyati:

• 1-hafta ichida operatsiya qilganda – 95%
• 1 oydan keyin murojaat qilganda – 50%
• Ajralish 3 oydan oshgan hollarda – <10%

Xavf guruhi uchun tavsiyalar:

• Har yili keng qorachiqni oftalmoskopiya qilish 
• Qandli diabetda – qand miqdorini nazorat qilish 
• Sport bilan shug‘ullanganda himoya ko‘zoynaklari taqish 
• Ko‘z jarohatlarida – shoshilinch ko‘rikdan o‘tish

Toshkent, Samarqand va Buxoroda maxsus oftalmologiya markazlari faoliyat yuritadi, ular to‘r parda ajralishida zudlik bilan jarrohlik operatsiyasi o‘tkazadi. Yodda tutuing, “parda” yoki chaqnashlar (fotopsiyalar) paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish zarur!

MAHSULOTLARIMIZ

Bolalarda ko'rish tekshiruvi — tungi linzalar haqida maqola rasmi

Ko‘rishni tiklash uchun tungi linzalar: O‘zbekistondagi zamonaviy yechimlar

Ko‘rishni tiklash uchun tungi linzalar: O‘zbekistondagi zamonaviy yechimlar

shutterstock_1038421897

Ortokeratologiya nima?

Ortokeratologiya — bu ko‘rishni korreksiya qilishning zamonaviy usuli bo‘lib, maxsus shakldagi qattiq gaz o‘tkazuvchi linzalar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu linzalar uyqu vaqtida muguz parda yuzasini yumshoq modellashtirib, kunduzi ko‘zoynaksiz yoki odatiy linzalarsiz aniq ko‘rishni ta’minlaydi. 

Tungi linzalar qanday ishlaydi? 

Uxlashdan oldin taqiladi – bemor ularni tunda 8-10 soat davomida ishlatadi. Muguz pardaning shaklini tuzatadi – linzalar epiteliy hujayralarini boshqariladigan tarzda qayta taqsimlab, ma’lum zonalarda bosim hosil qiladi. Bu muguz parda qiyaligining vaqtinchalik o‘zgarishiga olib keladi. 

Kunduzi samarani saqlab qoladi – ertalab linzalar yechilgach, ko‘rish 12-18 soat davomida aniq bo‘lib qoladi. Bu samara muguz parda o‘z holatiga qaytmaguncha saqlanadi. Agar linzalarni taqish to‘xtatilsa, ko‘rish yana avvalgi miyopiya darajasiga qaytadi. 

To‘planadigan samara – tun linzalarini muntazam ishlatish miyopiyaning (uzoqni ko‘ra olmaslik) rivojlanishini sekinlashtiradi. 

O‘zbekistonda tungi linzalar kimlarga mos keladi? 

Guruh Ko‘rsatmalar Cheklovlar
6-18 yosh bolalar Rivojlanayotgan miopiya — 6D gacha Oftalmolog kuzatuvi
60 yoshgacha kattalar Uzoqni yaxshi ko‘rmaslik — 6D gacha, astigmatizm Keratokonus, yupqa muguz parda
Faol insonlar Sport, suzish, sayohat Yallig‘lanish kasalliklari

O‘zbekistonda usul Toshkent, Samarqand va Buxoro klinikalarida qo‘llaniladi.

4 asosiy afzallik

  1. Kun davomida erkinlik – uyg‘ongandan keyin ko‘zoynak yoki oddiy linzalar kerak emas. 
  2. Bolalarda miopiya sekinlashishi – ilmiy jihatdan isbotlangan samara. Tungi linzalardan foydalanish ko‘zoynak yoki kontakt linzalarga nisbatan uzoqni yaxshi ko‘rolmaslik rivojlanishini 30-60% ga sekinlashtiradi. Tungi linzalar miopiyani korreksiya qilish uchun FDA tomonidan tasdiqlangan. 
  3. Xavfsizlik: Kislorod o‘tkazuvchi materiallardan tayyorlanadi. 
  4. Qaytariluvchanlik – linzadan foydalanish to‘xtatilganda muguz parda o‘z holatiga qaytadi.

Linzalarnu qanday parvarish qilish kerak? Muhim qoidalar

To‘g‘ri parvarish ikki bosqichni o‘z ichiga oladi:

  1. Chuqur mexanik tozalash:
    • • RELINS PERFECT CLEANER eritmasi  oqsil cho‘kindilarining 99% gacha qismini yo‘q qiladi.
    • • Mexanik ta’sir: Kolloid zarrachalar ifloslanishni “ajratib chiqaradi”.
    • • Kimyoviy tozalash: PAV lipidlarni eritadi.
  2. Saqlash va dezinfeksiya qilish:

Nima sababdan RELINS PERFECT CLEANER tungi linzalari uchun ayni muddao?

  • Tabiiy namlovchi: O‘zbekistonning quruq iqlimida linzalarni qurib qolishdan himoya qiladi.
  • Tejamli: Oq rang eritma sarflanishini nazorat qilishni osonlashtiradi.
  • Bolalar linzalari uchun xavfsiz: gipoallergen formula.

O‘zbekistonda tungi linzalarini qayerda tanlash mumkin?

  1. Diagnostika bosqichi:
    • • Keratotopografiya
    • • Muguz parda qalinligini aniqlash
    • • Linzalar shaklini tanlash va moslashishini baholash
    • • Linzalarni to‘g‘ri taqish, yechish va parvarish qilish qoidalarini o‘rgatish
  2. Moslashuv:
    • • Birinchi hafta – oftalmolog nazorati ostida taqiladi
    • • Har 3 oyda ko‘rik

Xizmat muddati: 1 yil. Faqat shifokor tavsiyasiga binoan almashtiriladi!

O‘zbekistonda tungi linzalar maxsus oftalmologik klinikalarda va kontaktli korreksiya kabinetlarida tanlanadi. Bu yerda malakali mutaxassislar zarur tekshiruvlarni o‘tkazib, bemorning individual ko‘rish xususiyatlarini hisobga olgan holda eng maqbul linza variantini tavsiya etadilar.

MAHSULOTLARIMIZ

Oftalmologik tekshiruv — ko'zda operatsiyalar haqida maqola rasmi

Ko‘zda eng ko‘p qilinadigan operatsiyalar: batafsil sharh

Ko‘zda eng ko‘p qilinadigan operatsiyalar: batafsil sharh

Patient,Undergoing,Laser,Eye,Surgery.

Zamonaviy texnologiyalar tufayli Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlaridagi klinikalarda ko‘rish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar 15-30 daqiqada hal qilinadi. Keling, jarroh-oftalmolog eng ko‘p bajaradigan asosiy operatsiyalarni ko‘rib chiqamiz.

Keratoplastika: Mug‘uz pardani ko‘chirib o‘tkazish

Bu operatsiya tug‘ma nuqsonlar yoki jarohatlar oqibatida muguz pardani tiklashga yordam beradi. Mutaxassis mikroskop yordamida donor to‘qimani o‘tkazadi, uni rad etilish xavfini kamaytirish uchun oldindan maxsus ishlov beradi. Jarayon taxminan 30 daqiqa davom etadi va ko‘z dog‘lari, keratokonus, keratoglobus hamda travmatik shikastlanishlarda qo‘llaniladi.

Operatsiyadan keyin bemor 6-12 oy davomida himoya linzalarini taqadi va 1 oy mobaynida antibiotikli tomchilarni qo‘llaydi. Choklar 6 oy-1 yil ichida olinadi..

Muguz pardani krosslinking qilish

Metodika B2 vitamini tomizilgandan so‘ng UV-nurlanish yordamida mug‘uz pardani mustahkamlaydi. Epiteliy olinadi, riboflavin tomiziladi va nur beriladi. Keyin bandaj linza o‘rnatilib, 6 oygacha davom etadigan reabilitatsiya boshlanadi.

O‘zbekistonda krosslinking asosan rivojlanayotgan keratokonus, distrofiya va postlazer keratoektaziyada qo‘llaniladi. Samara 5-10 yil saqlanadi. Mumkin bo‘lgan asoratlar: muguz parda vaqtinchalik xiralashishi yoki yallig‘lanish.

To‘r pardani lazerli koagulyatsiya qilish

Ambulator sharoitda 20 daqiqa ichida argon lazer yordamida o‘tkaziladi. Qorachiq kengaytirilgandan va og‘riqsizlantirilgandan so‘ng, lazer to‘r pardada mikroyopishmalar hosil qilib, uni mustahkamlaydi. O‘zbekistondagi klinikalarda bu usul distrofiya, boshlang‘ich ajralish va diabetik retinopatiyada qo‘llaniladi.

Reabilitatsiya davomida 1 oy mobaynida basseyn, sauna va jismoniy yuklamalarga ruxsat berilmaydi. Keyin bemorlar har yili to‘r pardaning holatini nazorat qilish uchun ko‘rikdan o‘tadi..

Ko‘rishni lazer yordamida tuzatish

LASIK – Eng mashhur usul. Mikrokeratom yordamida parda bo‘lagi kesiladi, ekssimer lazer stromaning bir qismini bug‘latadi, keyin bo‘lak qaytariladi. Ko‘rish 24 soatda tiklanadi. Miopiya (–12D gacha) va gipermetropiyaga (+6D gacha) mos.

Femto-LASIK: Takomillashtirilgan usul, bo‘lak femtosekund lazer yordamida yaratiladi. Natija aniqroq va reabilitatsiya tezroq bo‘ladi.

Super-LASIK:  Aberrometrik tahlil asosida shaxsiylashtirilgan korreksiya. Individual xatoliklarni hisobga olib, maksimal natija beradi.

FRK: Muguz pardasi yupqa bo‘lganda muqobil usul. Epiteliy olib tashlanadi, lazer yuzada ishlaydi. Reabilitatsiya 3-5 kun, ba’zan og‘riq bo‘lishi mumkin.

LASEK: FRKning modifikatsiyasi, epiteliy saqlanadi. Himoya linza talab etiladi, LASIK mumkin bo‘lmaganda qo‘llaniladi.

G‘ilaylik jarrohligi

G‘ilaylik jarrohligi ko‘zlarning to‘g‘ri holatini tiklashga qaratilgan. Mushak faoliyati ortiqcha bo‘lsa (giperfunksiya) – mushak retsessiya (biriktirilgan joyini siljitish) orqali bo‘shatiladi, mushak kuchsiz bo‘lsa – rezeksiya (qisqartirish) orqali mustahkamlanadi. O‘zbekistonda operatsiya yoshi individual belgilanadi – g‘ilay ko‘z turi, og‘ish burchagi, ko‘rish funksiyasi va konservativ davolash natijalariga qarab. Operatsiya 30 daqiqa-1,5 soat davom etadi. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng antibiotikli va yallig‘lanishga qarshi ko‘z tomchilari buyuriladi, shuningdek, binokulyar ko‘rishni rivojlantirish va eng yaxshi funksional natijaga erishish uchun majburiy ortoptik davolash belgilanadi. O‘zbekistondagi klinikalarda g‘ilay ko‘zni (strabizm) aniqlash va jarrohlik yo‘li bilan davolashning zamonaviy usullari mavjud bo‘lib, ular har qanday yoshdagi bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlaydi.

Katarakta fakoemulsifikatsiyasi

Toshkent va boshqa shaharlarda “oltin standart”. 2,2 mm kesma orqali ultratovush yoki lazer yordamida xiralashgan gavhar maydalab olinadi va IOL implantatsiya qilinadi. 15-20 daqiqa davom etadi, chok talab etilmaydi. Zamonaviy linzalar astigmatizm (torik) va presbiopiyani (multifokal) tuzatadi.

Vitrektomiya

Qon quyilishlari yoki murakkab to‘r parda ajralishlarida shishasimon moddani olib tashlash. O‘zbekistonda 25G/27G mikroinvaziv tizimlardan foydalaniladi. Jarayon 3 soatgacha davom etadi, vitreum o‘rniga maxsus eritmalar qo‘yiladi.

Antiglaukomatoz operatsiyalar

Ko‘z ichi bosimini pasaytirishga qaratilgan. Lazer trabekuloplastika (SLT) suyuqlik chiqishini yaxshilaydi, drenajlar (Ahmed, Baerveldt) yangi chiqish yo‘llarini yaratadi. Samara vaqt o‘tishi bilan kamayishi mumkin.

Skleroplastika

Skleroplastika – bu jarrohlik amaliyoti bo‘lib, uning maqsadi skleraning orqa qutbini (ko‘zning tashqi qavati) mustahkamlash va shu orqali miopiya (uzoqni ko‘ra olmaslik) rivojlanishini sekinlashtirishdan iborat. Ushbu usul asosan bolalar va o‘smirlar uchun qo‘llaniladi. Operatsiya davomida kichik kesiklar orqali skleraga biologik yoki sun’iy materialdan tayyorlangan yupqa tasma tikib qo‘yiladi, bu esa ko‘z uchun mustahkamlovchi “karkas” hosil qiladi. O‘zbekistonda skleroplastika ma’lum darajada qo‘llanib kelingan bo‘lsa-da, zamonaviy jahon oftalmologiyasida uning uzoq muddatli samaradorligi hali ham munozarali masala bo‘lib qolmoqda. Miopiyani nazorat qilishning yanada ishonchli va samarali usullari mavjud. Bular: ortokeratologiya (tungi linzalar), Past dozalarda atropin qo‘llash, miopiyani nazorat qilishga mo‘ljallangan maxsus ko‘zoynak linzalari bo‘lib, ushbu usullar mustahkam dalillarga ega va dunyoning yetakchi oftalmologiya markazlarida keng qo‘llanadi. Skleroplastika o‘tkazish haqida qaror har bir holatda individual tarzda qabul qilinadi. Oftalmolog miopiyaning rivojlanish tezligi, bolaning umumiy holati va mavjud muqobil nazorat usullarini inobatga olgan holda barcha omillarni chuqur baholagach, maqsadga muvofiqligini aniqlaydi.

Yangi hosilalarni olib tashlash

Toshkentdagi jarrohlar quyidagi amaliyotlarni bajaradi:

• Pterigiumni (qanot parda) olib tashlash

• Xalyazionni olib tashlash

• Ko‘zni olib tashlash va implant qo‘yish (og‘ir jarohat yoki o‘sma yuzaga kelganda)

Operatsiyadan keyingi reabilitatsiya

Tezroq sog‘ayish uchun O‘zbekistondagi oftalmologlar

2% dekspantenol va 0,15% gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS ko‘z tomchilari va 5% dekspantenol, allantoin qo‘shilgan RELINS-GEL Tiklanish gelini tavsiya etadilar:

Dekspantenol – to‘qima regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, LASIK yoki keratoplastika kabi operatsiyalardan so‘ng muguz parda epitelizatsiyasini tezlashtiradi.

Gialuron kislotasi – O‘zbekistonning quruq iqlimi sharoitida ko‘z qurib qolishining oldini oladi, quruq iqlimda himoya matritsasini yaratadi.

Oftalmologiyada klinik amaliyot bu preparatlar refraksion operatsiyalardan keyingi reabilitatsiyani sezilarli qisqartirishini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonda operatsiyalar o‘tkaziladigan markazlar

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy ko‘z mikroxirurgiyasi tibbiyot markazi (Toshkent)

Femtolazer va 27G vitrektomiya uskunalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan xususiy klinikalar

 Muhim: Klinikani tanlashda mavjud texnologiyalar muhim ahamiyatga ega. Murakkab patologiyalarda (keratoglobus, traktsion ajralish) respublika darajasidagi markazlarga murojaat qilish tavsiya etiladi. 

MAHSULOTLARIMIZ

Oftalmologik namlovchi gellar — mutaxassislar uchun maqola surati

Ko‘zni namlash uchun oftalmologik gellar – afzalliklari va oftalmologning klinik amaliyotida foydasi

Ko‘zni namlash uchun oftalmologik gellar – afzalliklari va oftalmologning klinik amaliyotida foydasi

Woman applying eye drops on light background, closeup

Ko‘z uchun oftalmologik gellarning asosiy afzalligi – uzoq ta’sir qilishidir.

Yuqori qayishqoqlik

Ko‘z yoshi suyuqligi bilan tez yuvilib ketishini sekinlashtiradi

Ko‘z yuzasi bilan uzoqroq kontaktni ta’minlaydi

Tez-tez tomizishga ehtiyojni kamaytiradi

Natija: Oddiy namlovchi tomchilarga nisbatan ko‘zni uzoqroq vaqt davomida namlaydi.

Uzoq vaqt namlash mexanizmi

Ko‘z  uchun oftalmologik gellardagi gialuron kislotasi ikki asosiy vazifani bajaradi:

  1. Ko‘z yoshi plyonkasini barqarorlashtiradi, uning uzilish vaqtini uzaytiradi
  2. H-bog‘lanishlar orqali suv molekulalarini ushlab turadi

Qo‘shimcha mexanizmlar:

  • Karbomer – qayishqoq, zich tekstura hosil qiladi
  • Natriy gialuronati – biomos mukoadgeziv komponent sifatida ishlaydi

Gellar uchun klinik ko‘rsatmalar

  1. Og‘ir QKS terapiyasi:
    • • DEWS 3-4 bosqichi
    • • TBUT pasayishi < 5 soniya
  2. Tungi lagoftalmiya:
    • • Ekspozitsion keratitning oldini olish
    • • Qovoqlar to‘liq yopilmaganda muguz pardani himoyalash
  3. Operatsiyadan keyingi namlash:
    • • LASIK/FRKdan keyingi reabilitatsiya
    • • Katarakta ekstraksiyasidan keyin holatlar

RELINS-GEL turkumi: maxsus yechimlar

  1. RELINS-GEL TIKLANISH
  • Tarkibidagi faol komponentlar: Dekspantenol + Allantoin + Natriy gialuronat
  • Qo‘llanishi: Eroziyalar, operatsiyadan keyingi tiklanish
  • Mexanizm: Keratotsitlar proliferatsiyasini rag‘batlantirish
  1. RELINS-GEL MADAD

Tarkibidagi asosiy komponent: Kvertsitin (flavonoid)

  • Samarasi:
    • • Antioksidant himoya
    • • MMP-9 ingibisiyasi
    • • Yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya (YBMD) xavfini kamaytirish
  1. RELINS-GEL OZIQLANTIRISH

Tarkibidagi asosiy komponent: A, E, B6 vitaminlari

Klinik foydasi:

    • • Shomda ko‘rishni yaxshilash
    • • Kseroftalmiyaning oldini olish

RELINS-GEL oftalmalogik geli tarkibidagi g‘el hosil qiluvchi komponent optimal qayishqoqlikni ta’minlaydi. Kon’yunktiva bo‘shlig‘iga tomizilganda, gel asta-sekin ko‘z yoshida yuvilib chiqadi, natijada faol moddalarning ko‘z yuzasi bilan uzoqroq aloqada bo‘lishini ta’minlaydi va ularning samaradorligini oshiradi.

O‘zbekistonda qo‘llash xususiyatlari

Kuchli QKS terapiyasi uchun O‘zbekistonda quyidagilarni inobatga olish lozim:

• Past namlik (15–30%)
• Yuqori quyosh nurlanishi
• Changli sharoit

Moslashtirilgan protokollar:

  1. Kechki qo‘llash: Tungi bo‘yi lagoftalmiyada himoya uchun
  2. Qo‘shimcha qatlam: Chang-to‘zon va shamolli ob-havo sharoitida
  3. Kombinatsiyalangan sxema: ko‘z charchaganda, gel + tomchi

Mutaxassislar uchun amaliy tavsiyalar

Oftalmologlarga:
• < Agar TBUT < 5 soniya va muguz parda bo‘yalishi ≥2 ball bo‘lsa, gelni tavsiya eting
• Operatsiyadan keyingi reabilitatsiyada RELINS-GEL TIKLANISHdan foydalaning

MAHSULOTLARIMIZ

Dekspantenol oftalmologiyada — mutaxassislar uchun maqola surati

Dekspantenol oftalmologiyada: ta’sir mexanizmi, klinik qo‘llanilishi va ko‘z tomchilarining samaradorligi muguz parda patologiyalari va quruq ko‘z sindromida

Dekspantenol oftalmologiyada: ta’sir mexanizmi, klinik qo‘llanilishi va ko‘z tomchilarining samaradorligi muguz parda patologiyalari va quruq ko‘z sindromida

Young,Female,Researcher,Working,In,The,Lab,,She,Is,Examining

Oftalmologik operatsiyalardan keyingi tiklanish davrida ko‘pincha quruq ko‘z sindromi (QKS) va noqulaylik kuzatiladi. Bu simptomlar bemorlarning davolash natijalariga berilgan subyektiv bahoga salbiy ta’sir qiladi.

Dekspantenol qo‘shilgan ko‘z tomchilari ikki asosiy vazifani bajaradi:

  1. Operatsiyadan keyingi noqulaylikni kamaytiradi
  2. To‘qimalarning regeneratsiyasini tezlashtiradi

Dekspantenolning ta’sir mexanizmi: ilmiy asos

Dekspantenol — pantoten kislotasining (B₅ vitamini) sintetik analogi. Oftalmologiyada uning bioo‘zlashtirilishi quyidagilar orqali ta’minlanadi:

  • Molekulaning barqarorligi
  • Biologik to‘siqlardan o‘tish qobiliyati

Asosiy biokimyoviy samarasi:

  1. Pantoten kislotasigacha metabolizmga uchraydi → Koferment A tarkibiga kiradi.
  2. Asetillanish reaksiyalarida ishtirok etadi.
  3. Yog‘ kislotalari va sfingolipidlar sintezini rag‘batlantiradi.
  4. Ko‘z yosh pardasining lipid qatlamini mustahkamlaydi.

Natijada ko‘z yoshining bug‘lanishi kamayadi va QKS rivojlanishining oldi olinadi.

Muguz parda regeneratsiyasi: hujayraviy mexanizmlar

Dekspantenol muguz parda shikastlanishlarini davolashda samaradorligi isbotlangan. U quyidagi jarayonlarni faollashtiradi:

• Keratotsitlarning ko‘payishi.   
• Hujayralarning shikastlangan hududga tez ko‘chishi.
• Kollagen sintezining rag‘batlanishi.
• Reparativ genlarning mRNK ekspressiyasini tartibga solishi.

Klinik qo‘llanish holatlari

Quyidagi holatlarda maksimal samaradorligi isbotlangan:

  1. Shikastlanishdan keyingi terapiya

• Muguz parda eroziyalari. 
• Kimyoviy kuyishlar. 
• Distrofik shikastlanishlar. 

Muguz parda eroziyasini davolash protokoli: har bir ko‘zga 1-2 tomchi, kuniga 4 marta, epitelizatsiya tugaguncha.

  1. Ko‘rishni lazer orqali korreksiya qilishdan keyin

• LASIK, FRK
• Quruqlik va fotofobiyani kamaytiradi
• Stromaning bitishini tezlashtiradi

  • 3. Operatsiyadan keyingi davr

• Kataraktani olib tashlash. 
• Antiglaukomatoz operatsiyalar. 
• Keratoplastika.

  1. QKSning og‘ir shakllari

Quruq ko‘z sindromida dekspantenolning samaradorligi namlovchi komponentlar bilan kombinatsiyada tasdiqlangan.

2% dekspantenol  va 0,15% gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS ko‘z tomchilari: Tarkib jihatdan ustunliklari

Innovatsion formula tarkibi:

  • 2% dekspantenol: klinik samaradorligi isbotlangan konsentratsiya. 
  • 0,15% gialuron kislotasi: yuqori molekulyar natriy gialuronat.

Komponentlar sinergiyasi:

  1. Uzoq davom etadigan ta’sir:gialuronatning yuqori qayishqoqligi dekspantenolni asta-sekin chiqarib boradi
  2. Ikki tomonlama regeneratsiya:
    • • Dekspantenol hujayralarni tiklanishga rag‘batlantiradi
    • • Gialuronat ko‘z yosh pardasini barqarorlashtiradi
  3. Ko‘z yosh pardasini protezlash: gialuronat namlikni ushlab turadi va himoya funksiyasini tiklaydi

O‘zbekiston sharoitida qo‘llashning amaliy jihatlari

Oftalmologlar va optometristlar uchun:

  • Dekspantenol saqlovchi oftalmologik preparatlarni taqqoslash: RELINS boshqa dekspantenolga asoslangan vositalarga qaraganda optimal qayishqoqlik va aktiv moddalar konsentratsiya bilan ajralib turadi
  • Gialuron  bilan qo‘shma terapiya: QKS va muguz parda shikastlanishlari kombinatsiyasida gialuron kislotasi bilan qo‘shma terapiya tavsiya etiladi
  • Dekspantenolli tomchilar: issiq iqlim sharoitida ham samarali, muguz parda salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Klinik natija: Reabilitatsiya muddatlari qisqaradi, bemorlarning ko‘z salomatligi tezroq tiklanadi.

MAHSULOTLARIMIZ

Linza dezinfeksiya eritmalari komponentlari — mutaxassislar uchun maqola surati

Linzalarni dezinfeksiya qilish uchun eritmalar komponentlari: RELINSning ta’sir mexanizmi

Linzalarni dezinfeksiya qilish uchun eritmalar komponentlari: RELINSning ta’sir mexanizmi

Zamonaviy kontakt linzalar uchun eritmalar oddiy izotonik suyuqliklardan murakkab ko‘p funksiyali tizimlargacha evolyutsiya qildi. Bu eritmalar dezinfeksiya, namlash va tozalash vazifalarini kompleks hal qilib, har qanday sharoitda linzalarni xavfsiz taqishni ta’minlaydi.

Linzalar uchun eritmalardagi dezinfektantlar: Ikki tomonlama himoya

RELINSdagi kontakt linzalarni dezinfeksiya qilish mexanizmi ikki komponent sinergiyasiga asoslangan:

  1. Poligeksametilenbiguanidin gidroxlorid (PGMG)
    99,9% bakteriyalarni (grammusbat va grammusbat bo‘lmagan shtammlar), zamburug‘larni va bioplyonkalarni yo‘q qiladi. U hujayra membranalariga elektroximik ta’sir ko‘rsatib, sitoplazmaning oqib chiqishiga va mikroorganizmlarning nobud bo‘lishiga olib keladi.
  2. Polikvaternium-7
    Kationli polimer bo‘lib, manfiy zaryadlangan komponentlar bilan elektrostatik o‘zaro ta’sirlashish xususiyatiga ega. Tarkibidagi kvartener ammoniy guruhlari tufayli bakteriyalarga qarshi va zamburug‘larga qarshi faollikka ega. Uning biotsid ta’sir mexanizmi hujayra membranalari faoliyatini va fizik yaxlitligini buzishga asoslangan.
  3. Muhim afzallik. PGMG va Polikvaternium-7 o‘zining polimer tuzilishi tufayli ko‘zning muguz parda epiteliysidan o‘tolmaydi. Klinik jihatdan bu toksik keratit rivojlanish xavfining pasayishi va noqulaylik simptomlarining kamayishi orqali namoyon bo‘ladi, ayniqsa linzalar quyosh kuchli va havosi chang sharoitda uzoq muddat taqilganda. Komponentlarning hujayra membranalari orqali o‘tmasligi ko‘z yosh pardasi barqarorligini saqlashga va linzalarni taqish qulay bo‘lishiga yordam beradi. Bu esa O‘zbekistonda yashovchi bemorlar uchun muhim omil hisoblanadi.

Barqarorlashtirish va qulaylik

Borat kislotasi + natriy borat bufer kompleksi ikki funksiyani bajaradi:

Fiziologik pH 7.5 darajasini qo‘llab-quvvatlaydi (ko‘z yosh suyuqligiga o‘xshash).

Linzalar uzoq vaqt taqilganda ko‘zning qizarishini oldini oladi.

Linzalar uchun eritmalar tarkibidagi gialuron kislotasi linza yuzasini qurib qolishdan himoya qiladi. Bu tabiiy biopolimer ko‘z yosh pardasini barqarorlashtiradi, bu esa mintaqaning quruq iqlimida ayniqsa muhimdir.

Yordamchi komponentlar

linzalarni tozalash uchun EDTA dinatriy tuzi ishlatiladi, oqsil qatlamlarini samarali olib tashlaydi va linza xiralashishining oldini oladi. E vitamini — kuchli antioksidant bo‘lib, muguz parda hujayralarini erkin radikallardan himoya qiladi. Natriy xlorid asosidagi izotonik eritmalar — linza taqishda fiziologik qulaylikni kafolatlaydi.

Klinik afzalliklar

  1. Xavfsizlik
    PGMG va Polikvaternium-7 yangi avlod biotsidlari hisoblanadi, ular minimal toksiklikka ega va kanserogen xususiyatlarga ega emas.
  2. Mahalliy sharoitlarga moslashuv
    Tarkibi O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirilgan: yuqori quyosh nurlanishi va past namlikni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
  3. Asoratlarning oldini olish
    Bioplyonkalarga qarshi samaradorlik mikroblar sababli keratit rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Mutaxassislar uchun: linzalarni parvarish qilish uchun professional eritmalarni tanlashda bufer tizimlari va kombinatsiyalangan dezinfektantlar mavjudligiga e’tibor bering. RELINS eritmasida linzalarni muntazam 6 soatlik ishlov berish kontakt korreksiyasi asoratlarining oldini samarali oladi.

MAHSULOTLARIMIZ

Optometrist qabulida ko'rish tekshiruvi — profilaktika maqolasi surati

Ko‘z kasalliklari profilaktikasiga oid savollarga javoblar

Ko‘z kasalliklari profilaktikasiga oid savollarga javoblar

shutterstock_1906128703

LINZALARNI PARVARISH QILISH UCHUN ERITMALAR SIFATI KO‘Z SOGLIG‘IGA TA’SIR QILADIMI?

Linzalar uchun eritma sifati va ko‘z sog‘ligi uzviy bog‘liq. Eritma linzaning namligini saqlaydi, uning shaklini o‘zgarishdan himoya qiladi va optik xususiyatlarini asraydi. Eritmadagi komponentlar ko‘z yuzasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirlashadi. Sifatsiz tarkiblar esa ko‘zda qizarish, allergiya yoki infeksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Arzon linza eritmasi zararlimi? Ha. Arzon analoglar ko‘pincha agressiv konservantlar saqlaydi, linzani yetarli darajada tozalamaydi yoki dezinfeksiya qilmaydi. Bu keratit xavfini oshiradi.

Muddati o‘tgan eritmadan foydalanish oqibatlari qanday? Dezinfeksiya samaradorligi pasayadi, patogen mikroorganizmlar ko‘payish xavfi ortadi, ko‘zda noqulaylik va qizarish kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi ko‘rsatgan muddatlarga qat’iy amal qilish zarur.

Yechim: Zamonaviy ko‘p funksiyali eritmalardan foydalaning, masalan, E vitamini qo‘shilgan RELINS.

• Optimal pH 7,5 — bufer tizimi tufayli ko‘z yoshi tarkibiga o‘xshash.
• E vitamini — kuchli antioksidant, ko‘z hujayralarini UB-nurlardan himoya qiladi.
• Gialuron kislotasi — linzani uzoq muddat namlab, qulay taqishni ta’minlaydi.
• Samarali tozalash va dezinfeksiya — linzaning optik xususiyatlarini saqlab qoladi.
• Gipoallergen formula — sezgir ko‘zlar uchun mos.

OFISDA QURUQ HAVODAN KO‘ZNI QANDAY HIMOYA QILISH MUMKIN?

Quruq havo ko‘zda noqulaylik, qum yig‘ilgandek hissi, achishish va qizarishning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi (quruq ko‘z sindromi — davolash namlashga va noqulaylik simptomlarini kamaytirishga qaratilgan).

Ofisda ko‘zni nam saqlash usullari:

  1. Ongli ravishda ko‘zni tez-tez ochib yopish: ko‘z yoshi pardasini tiklaydi. 
  2. Ish joyini to‘g‘ri joylashtirish: monitor cho‘zilgan qo‘lga teng masofada va ko‘z sathidan biroz pastda bo‘lsin. Ekranda yorug‘lik aks etmasligiga e’tibor bering. 
  3. Doimiy tanaffuslar: 20-20-20 qoidasiga amal qiling (har 20 daqiqada 20 soniya davomida 20 metr uzoqlikdagi obyektga qarang). 
  4. Namlovchi tomchilardan foydalanish: quruqlikni tezda bartaraf etish va tozalik hissini uyg‘otish uchun L-karnitin va L-mentol qo‘shilgan RELINS tomchilaridan foydalaning. Ular kontakt linzalarga mos keladi. 
  5. Havo namlagichdan foydalanish: ko‘z uchun havo namlagich havoning namligini qulay darajada saqlashga yordam beradi.

KOMPYUTER KO‘RISH SINDROMI NIMA? UNING OLDINI OLISH MUMKINMI?

Kompyuter ko‘rish sindromi (KKS) — ekranga uzoq vaqt davomida qarab turish natijasida yuzaga keladigan holat.

Simptomlar: Aniq ko‘rmaslik, ko‘rish xiralashishi, ko‘zda charchoq, bosh og‘rig‘i. Ko‘zda quruqlik, ko‘zning qizarishi.

Sabablar:

    • 1.Yorug‘likning yetarli bo‘lmasligi yoki ortiqchaligi.
    • 2. Ekrandagi shu’lalar.
    • 3. Monitorgacha bo‘lgan masofa va ko‘rish burchagining noto‘g‘ri tanlanishi.
    • 4. Ko‘zni kam ochib-yopish.
    • 5. Tasvirning piksel tuzilishi (bosma matndan farq qiladi).
    • Qanday qilib kompyuterdan ko‘z charchashining oldini olish mumkin (KKS profilaktikasi):
    • 1. Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish qoidalariga rioya qiling (yorug‘lik, masofa, shu’lalar yo‘qligi).
    • 2. 20-20-20 qoidasini qo‘llang.
    • 3. Namlovchi tomchilardan foydalaning (masalan, RELINS Active).
    • 4. Kompyuterda ishlaganda ko‘z uchun mashqlarni muntazam bajaring:
      • Ko‘zni aylana bo‘ylab harakatlantirish.
      • Navbatma-navbat yaqin va uzoq obyektga qarab, fokusni to‘g‘rilash.
      • 30 soniya davomida tez-tez ko‘zni ochib-yopish.
      • Ko‘z qovoqlarini engil massaj qilish.

Ko‘rishni to‘g‘rilash uchun oftalmolog ko‘rigidan muntazam o‘tish.

KO‘Z UCHUN VITAMINLARNING QANDAY TURLARINI QABUL QILGAN YAXSHI?

Vitamindan foydalanishning maqsadga muvofiqligi 

Ko‘z uchun eng yaxshi vitaminlarni qabul qilish asosan, yetishmovchilik tasdiqlanganda yoki maxsus holatlarda (masalan, yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiya — YoMD) maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sog‘lom odamlarda vitaminlar komplekslari umumiy ko‘rishni sezilarli darajada yaxshilashi statistik jihatdan isbotlanmagan. 

Ko‘z simptomligi uchun asosiy nutriyentlar 

C va E vitaminlari – kuchli antioksidantlar bo‘lib, to‘r pardani (setchatka) erkin radikallardan himoya qiladi. 

Rux (Zn) – to‘r parda metabolizmi uchun zarur. 

Lutein va zeaksantin – ko‘zning markaziy qismi (makula)da to‘planib, zararli ko‘k nurni filtrlaydi va ko‘rishni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. 

Asosiy manbalar: muvozanatli ovqatlanish! Quyidagi mahsulotlar ko‘z uchun foydali vitamin va moddalar manbai hisoblanadi: 

Yashil bargli sabzavotlar (ismaloq, karam) – lutein va zeaksantin manbai. 

Yog‘li dengiz baliqlari (losos, skumbriya) – Omega-3 yog‘ kislotalari. Rezavorlar va tsitrus mevalar – C vitamini. 

Yong‘oqlar va urug‘lar – E vitamini va rux. 

Tuxum – lutein, zeaksantin va rux. 

Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Nima sababdan ko‘zoynakdan bosh og‘riydi?

Nima sababdan ko‘zoynakdan bosh og‘riydi? Ko‘zoynak tufayli bosh og‘rig’i – ko‘p uchraydigan shikoyat. Asosiy sabablari:

Noto‘g‘ri tanlangan ko‘zoynak – asoratlari: noto‘g‘ri dioptriyalar (juda kuchli/sust), markazlar orasidagi masofa (ko‘z qorachig‘i orasidagi masofa) noto‘g‘rilig‘i, silindrdagi xatolik (astigmatizm) yoki uning o‘qidagi xatolik. Noto‘g‘ri korreksiyani kompensatsiya qilish uchun ko‘zni zo‘riqtirishga to‘g‘ri keladi.

Mos kelmaydigan ko‘zoynak gardishi: Burun usti yoki chakka sohasiga bosim tushishi.

Moslashish davri: ko‘zoynak birinchi marta tayinlanganda yoki retsept o‘zgarganda 1–2 hafta davomida noqulaylik yuzaga kelishi mumkin.

Yechim: Bosh og‘rimasligi uchun ko‘zoynakni qanday tanlash kerak? Ko‘zoynakni faqat malakali oftalmolog yoki optometrist yordami bilan va barcha parametrlarni sinchiklab tekshirtirib tanlash kerak. Bosh og‘rig’i o‘tib ketmasa, retsept va ko‘zoynak gardishi qanday o‘tirishini tekshirish uchun mutaxassisga murojaat qiling.

GLAUKOMA RIVOJLANISHI UCHUN QANDAY XAVF OMILLARI BOR?

Glaukoma (ko‘rish nerviga zarar yetkazadigan surunkali kasallik) rivojlanishi uchun xavf omillari::

• Ko‘z ichki bosimi – asosiy modifikatsiya qiluvchi omil. 60 yoshdan oshish – xavf ancha ortadi.
• Nasldan o‘tishi – yaqin qarindoshlarda glaukoma bo‘lishi.
• Yupqa muguз parda. Uzoqni ko‘rish yoki yaqinни ko‘rish kuchayishi.
• Qandli diabet, yurak-tomir kasalliklari.
• Uzoq vaqt kortikosteroidlar qabul qilish.
• Ko‘z shikastlanishi.

Qanday qilib glaukomaning oldini olish mumkin? Erta diagnostika – eng yaxshi yechim! 

Muntazam ravishda (40 yoshdan keyin har yili kamida 1 marta) oftalmolog ko‘rigida ko‘z ichi bosimini o‘lchab turing, ayniqsa xavf omillari mavjud bo‘lsa. 

Glaukomaning ilk belgilariga e’tibor bering: ko‘rish maydonining torayishi (ayniqsa periferiyada), yorug‘lik manbalari atrofida rangli halqalar paydo bo‘lishi, ko‘rishning tumanlanishi, kuchli ko‘z og‘riqlari. O‘zbekistonda glaukoma tekshiruvlari davlat va xususiy klinikalarda o‘tkaziladi.

NIMALAR KATARAKTA BELGILARI BO‘LISHI MUMKIN?

Katarakta (kristallin linzaning qorong‘ilanishi) simptomlari asta-sekin rivojlanadi:

• Ko‘rishning xiralashishi, go‘yo “xira shisha” yoki “parda” orqali qarayotgandek holat.
• Yaqinni ko‘rish ham, uzoqni ko‘rish ham yomonlashishi va bu holatning ko‘zoynak bilan to‘g‘rilanmasligi.
• Yorug‘likka sezgirlik oshishi (fotofobiya), shuʼlalar.
• Tunda ko‘rish yomonlashishi. Yorug‘lik manbalari atrofida nur halqalarining (halo) paydo bo‘lishi.
• Ranglarning so‘nishi, tasvirning sariq, tusga kirishi.
• Bitta ko‘z bilan qaraganda tasvir ikkilanishi (boshlang‘ich bosqichlarda).
• Ko‘zoynak/linzalar dioptriyasini tez-tez almashtirishga to‘g‘ri kelishi.

Kataraktani qanday aniqlash mumkin? Oftalmolog ko‘rigidan muntazam o‘tish — erta tashxis qo‘yishning yagona ishonchli usuli, ayniqsa 60 yoshdan keyin yoki xavf omillari mavjud bo‘lsa (qandli diabet, jarohatlar, steroidlar qabul qilish, UF nurlanishi).

O‘zbekistonda katarakta davolash — jarrohlik yo‘li bilan (fakoemulsifikatsiya va IOL implantatsiyasi) amalga oshiriladi va ko‘plab ixtisoslashgan markazlarda mavjud.

KO‘ZNI QUYOSHDAN QANDAY HIMOYA QILISH KERAK?

Ko‘zni quyoshdan himoya qilish, ayniqsa ultrabinafsha (UB-A, UB-B) va ko‘k-binafsha nurlardan asrash — katarakta, yoshga bog‘liq makulyar degradatsiya (YoMD), pterigium, fotokeratitning oldini olishda juda muhim.

Samаrali choralar:

• Sifatli quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklar: albatta UV400 belgisi bo‘lishi shart (UB nurlardan 100% himoya). Katta ko‘zoynak gardishlari ko‘zni yon tomondan ham yaxshi himoya qiladi.
• Fotoxrom linzalar (xameleonlar): quyoshda avtomatik ravishda qorayib, UB himoyasini taʼminlaydi.
• Polyarizatsiyalangan linzalar: suv, qor, asfalt kabi aks etuvchi sathlardan bliklarni yo‘qotadi.
• Keng soya beruvchi shlyapalar yoki kepkalar: ko‘zoynak himoyasining o‘rnini bosadi.
• Dioptriyali ko‘zoynaklarda UB himoya: zamonaviy linzalar (hatto shaffoflari ham) o‘rnatilgan UB filtrga ega. Buyurtma berganda bu haqda so‘rab aniqlang.
• Arzon soxta ko‘zoynaklardan saqlaning: UB himoyasiz ko‘zoynaklar ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi va UB nurlarning zararini oshiradi. Faqat sertifikatli optikalardan sotib oling.

Muhim: Doimiy simptomlar (og‘riq, qizarish, ko‘rishning pasayishi, noqulaylik) kuzatilganda, albatta, oftalmologga murojaat qilib, professional diagnostikadan o‘ting va davolaning. Profilaktik ko’riklar – O’zbekistonda ko’rish salomatligining garovidir.

MAHSULOTLARIMIZ

Ko'zga tomchi tomizish jarayoni — maqola surati

Ko‘z tomchilari kimlarga kerak?

Ko‘z tomchilari kimlarga kerak?

Ko'zga tomchi tomizish jarayoni — maqola surati

Ko‘z uchun namlovchi tomchilar — quruqlik, achishish, “qum tiqilish” hissi, charchoq yoki yoshlanish kabi holatlarda sizning ishonchli yordamchingiz. Ular noqulay simptomlarni tezda yo‘qotadi va ko‘z sog‘ligini saqlashga yordam beradi. To‘g‘ri tanlangan tomchi esa “quruq ko‘z sindromi”ga qarshi samarali chora bo‘ladi.

Ko‘z tomchilari qanday tanlanadi? Asosiy mezonlar:

  • Noqulaylik sababi: quruq havo, linza taqish, allergiya, kompyuterda ishlash, gadjetlardan faol foydalanish.
  • Tarkibi: gialuron kislotasi, vitaminlar, osmoprotektorlar kabi faol moddalar.
  • Kontakt linzalarga mosligi: linza taquvchilar uchun maxsus formulalar.
  • Ta’sir davomiyligi: noqulaylik simptomlarini tezda yengillashtirishdan tortib, uzoq muddatli namlanishgacha.

RELINS tomchilari turkumi: samarali yechimlar

  1. L-karnitin va L-mentol qo‘shilgan RELINS namlovchi ko‘z tomchilari:
    • Kimlar uchun: kompyuterda ko‘p ishlovchilar, vaqti havosi quruq xonalarda o‘tuvchilar, ko‘zda quruqlik yoki noqulaylik his qiluvchilar, allergiyaga moyil va kontakt linza taquvchilar uchun..
    • Ta’siri:
      • Osmoprotektorlar (eritritol, L-karnitin): ko‘z muguzi pardasi hujayralarini namlik yo‘qotishdan himoya qiladi.
      • Yuqori molekulyar gialuron kislotasi: yirik molekulalar yordamida suvni samarali ushlab turadigan va ko‘zni salbiy ta’sirlardan asraydigan “to‘r”ga o‘xshash himoya qatlami hosil qiladi.
      • L-mentol: bir zumda sovitadi, charchoqni va zo‘riqishni oladi (ko‘z charchog‘idan tomchilar), qizarishni kamaytiradi.
    • Natija: ko‘z qurishi va zo‘riqishi darhol o‘tadi, ko‘z yangilanadi. Kompyuterda ishlaganda ko‘zni namlash uchun ayni muddao.
  2. A, E, B6 vitaminlari qo‘shilgan RELINS ko‘z tomchilari:
    • Kimlar uchun: A, E yoki B6 vitamini yetishmovchiligi bo‘lgan, shom payti ko‘rishi pasaygan, ko‘z qovoqlari ixtiyorsiz yopiladigan, menopauza davrida yoki yoshga doir gormonal o‘zgarishlar kechayotgan bemorlar uchun.
    • Ta’siri: Namlanish + ko‘z va ko‘rish salomatligi uchun juda muhim vitaminlar yetishmovchiligini to‘ldirish.
  3. 0,41% gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS Active ko‘z tomchilari:
    • Kimlar uchun: Kuchli ko‘z qurishi, ko‘zida o‘tkir sezgirlik yoki allergiyasi borlar, linza taquvchilar, uzoq vaqt kompyuterda ishlovchilar yoki ko‘p avtomobil haydovchilar, gormonal o‘zgarishlar davridagi ayollar, 60 yoshdan oshganlar.
    • Ta’siri: Qayishqoqligi yuqori bo‘lgan tarkib ko‘zni uzoq muddat namlab turadi. Ko‘zga katta og‘irlik tushganda va yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarda ishonchli himoya qiladi.
  4. 0,15% gialuron kislotasi va 2% dekspantenol qo‘shilgan RELINS ko‘z tomchilari:
    • Kimlar uchun: Ko‘z jarohatlaridan keyin, oftalmologik operatsiyalardan so‘ng, turli ko‘z kasalliklarida profilaktika va yordamchi terapiya sifatida.
    • Ta’siri: Namlash + qayta tiklanishni rag‘batlantirish (dekspantenol). To‘qimalarning bitish jarayonini yaxshilaydi.

Muhim savollarga javoblar

Kontakt linzalarni olmasdan turib ko‘z tomchilarini qo‘llash mumkinmi?
Ha, ko‘z uchun namlovchi tomchilarning aksariyati kontakt linzalar bilan mos keladi. Ularni bevosita linzalar ustiga tomizib, ko‘zni darhol namlash va noqulaylikni yo‘qotish mumkin (linza taqish davridagi tomchilar). Doimo qo‘llash yo‘riqnomasini tekshirib ko‘ring. RELINSning L-karnitin va L-mentol bilan namlovchi ko‘z tomchilari, shuningdek, 2 % dekspantenol va 0,15 % gialuron kislotasi bo‘lgan ko‘z tomchilari har qanday turdagi qattiq va yumshoq kontakt linzalar bilan mos keladi va tomizish uchun linzani olish shart emas.

Namlovchi tomchilardan qancha tez-tez foydalanish mumkin?
Qanchalik tez-tez tomizish tomchilarning turiga va kasallik simptomlari qanchalik namoyon bo‘lishiga bog‘liq. Shifokor yo‘riqnomasi yoki tavsiyalariga amal qiling. Agar ko‘z qurishi doimiy va kuchli bo‘lsa, uzoq muddat ta’sir qiladigan tomchilardan foydalaning (0,41 % gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS Active ko‘z tomchilari).

Allergiyada qanday ko‘z tomchilaridan foydalaniladi?

RELINSning gialuron kislotasi qo‘shilgan formulalari allergiyadan qizarib ketgan ko‘z yuzalarini namlaydi va himoya qiladi, noqulaylikni bartaraf etadi. Ammo allergiyani maxsus davolash uchun antihistamin tomchilar kerak bo‘ladi. Qo‘llashdan oldin oftalmolog maslahatini olish zarur.

Ko‘z uchun qaysi tomchilar yaxshiroq? Bu savolga javob muammo aynan nimada ekanligiga bog‘liq. RELINS turkumi turli ehtiyojlarga mos maxsus yechimlarni taklif qiladi:

• Tez namlash + tozalik: L-karnitin va L-mentol qo‘shilgan RELINS – ko‘zni sovutadi, qizarishni kamaytiradi, kompyuterda ishlash va quruq iqlimda ayni muddao.
• Uzoq vaqt namlash + himoya: RELINS Active – yuqori viskozlilikka ega bo‘lib, kuchli quruqlik va katta zo‘riqish paytida ko‘zni uzoq vaqt himoya qiladi.
• Tiklash + vitaminlar: A, E, B6 vitaminlari qo‘shilgan RELINS – vitamin tanqisligini to‘ldiradi, ko‘z ssimptomligini mustahkamlaydi.
• Yara bitishi: Dekspantenol va gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS – jarrohlik va jarohatlardan keyin regeneratsiyani tezlashtiradi.

O‘zbekistondagi eng yaxshi tomchilar: Ko‘z qurishiga qarshi RELINS turkumi O‘zbekiston sharoitida ishonchli yechim sifatida tanilgan. Ular kompyuterda ishlash, quruq iqlim, kontakt linzalar taqish, shuningdek jarrohlik yoki lazer operatsiyalaridan keyin tez reabilitatsiya jarayonida samarali namlash imkonini beradi.

Muhim: Agar ko‘zdagi noqulaylik doimiy bo‘lsa, ko‘rish yomonlashsa yoki mavjud kasalliklar bo‘lsa, har qanday tomchini ishlatishdan oldin albatta oftalmolog bilan maslahatlashish kerak. To‘g‘ri tanlangan namlovchi ko‘z tomchilari — ko‘zingizning yaxshi ko‘rishi va sog‘lomligi garovidir.

MAHSULOTLARIMIZ

Kontakt linzalarni parvarish qilish — to'liq qo'llanma surati

Kontakt linzalarni qanday to‘g‘ri parvarish qilish kerak: to‘liq qo‘llanma

Kontakt linzalarni qanday to‘g‘ri parvarish qilish kerak: to‘liq qo‘llanma

Ko'z tomchilari haqida to'liq qo'llanma — maqola rasmi

Ko‘zlaringiz sog‘ligi va kontakt linzalarni taqishdagi qulaylik siz linzalardan foydalanish qoidalariga qanchalik qat’iy rioya qilishingizga bog‘liq. Xavfsizlik asosini linzalarni to‘g‘ri parvarish qilish tashkil etadi. Parvarishning markaziy elementi – bu linzalar uchun sifatli eritmadir. Kontakt linzalarni tozalash va kontakt linzalarni saqlash qoidalariga bepisand bo‘lish esa noqulaylik, infeksiyalar va linzalar zarar ko‘rishiga olib keladi.

Qadam-baqadam yo‘riqnoma: har kuni kontakt linzalarni qanday to‘g‘ri parvarish qilish kerak 

Qo‘llarning benuqson gigiyenasi: har qanday manipulyatsiyadan oldin qo‘llaringizni sovun bilan yaxshilab yuvib, tuksiz sochiq bilan quruq qilib arting. 

Majburiy mexanik tozalash: bu kontakt linzalarni tozalashning asosiy bosqichi bo‘lib, to‘plangan oqsillar, kosmetika va changdan tozalaydi. Linzani toza kaftingizga qo‘ying.

Ko‘p funksiyali eritmadan (masalan, E vitamini qo‘shilgan RELINS Classic) 2–3 tomchi tomizing.

Linzani ehtiyot bo‘lib ko‘rsatkich barmog‘ingizning yumshoq joyi bilan 10–15 soniya ikkala tomonidan arting. Kontakt linzalarni qanday qilib to‘g‘ri yuvish kerak? Aynan shunday – eritma bilan ishqalash orqali. Astoydil yuvish: Tozalagandan so‘ng, kir ketishi uchun linzani eritmaning yangi porsiyasi bilan yuvib chiqing. 

Dezinfeksiya qilish va saqlash: 

Kontakt linzalarni saqlash uchun konteynerni ozgina miqdordagi eritma bilan chaying. Konteynerning toza bo‘limiga eritmaning yangi porsiyasini quying. 

Linzalarni eritmaga to‘liq botiring. Konteynerni yoping. Dezinfeksiya samarali bo‘lishi uchun, linzalar kamida 4 soat eritmada qolsin (yaxshisi – tun bo‘yi qoldiring). Dezinfeksiya uchun maqbul vaqt eritma turiga bog‘liq. Linzalarni eritmadan olshingiz bilan taqing – chayish kerak emas. 

Asosiy qoidalar va ko‘p beriladigan savollarga javoblar
Linzalarni taqish muddati: linzalarni almashtirish uchun ishlab chiqaruvchi belgilagan muddatdan (bir kunlik, ikki haftalik, bir oylik) ortiq taqmang. Muddati o‘tgan linzalar xavfli.
Kontakt linzalarda uxlash mumkinmi? FAQAT oftalmolog linzalaringizni uzoq muddat yoki uzluksiz taqishingizga ruxsat bergan bo‘lsa, shunday qiling. Oddiy linzalarni tunda albatta yechib qo‘ying.
Bir kunlik linzalarni qanday parvarish qilish kerak? Ularni tozalash va saqlash talab etilmaydi! Ertalab taqdingizmi – kechqurun yeching va tashlab yuboring. Gigiyenaga eng to‘g‘ri keladigan variant shu. 

Linzalarni uzoq muddat saqlash (30 sutkagacha): Konteynerni qaynok suv bilan yaxshilab yuvib, quriting.
Chetigacha yangi eritma quying.
+20°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlang.
Agar +20°C dan yuqori haroratda saqlangan bo‘lsa, eritmani 7 kundan keyin almashtiring. 

Eritma bo‘lmasa, linzalarni nima bilan yuvish mumkin? Qat’iyan man etiladi! Suv (hatto qaynatilgan yoki distillangan bo‘lsa ham), tupuk yoki fizeritmadan foydalanmang. Doim eritma zahirangiz bo‘lsin yoki bir kunlik linzalar taqing. Linzalarni suvda saqlash mumkinmi? Yo‘q! Suv – xavfli mikroorganizmlar manbai. Kontakt linzalarni FAQAT maxsus ko‘p funksiyali eritmada saqlash mumkin. 

Linzalar nima sababdan xiralashadi? Asosiy sabablar: kontakt linzalarni yetarlicha mexanik tozalamaganlik, sifatsiz yoki muddati o‘tgan eritmadan foydalanish, linzalarni belgilangan muddatdan ortiq taqish, linza ustining mexanik shikastlanishi. 

Linzani taqqanda infeksiya tushishining oldini qanday olish mumkin?
Gigiyenaga, linza va konteynerni almashtirish jadvaliga qat’iy rioya qiling (har 1-3 oyda almashtiring!), kontakt linzalarni saqlash uchun faqat yangi, sifatli eritmalardan foydalaning. 

Xavfsizlik, tozalik va qulaylik uchun yechim: Kontakt linzalarni parvarish qilish uchun E vitamini qo‘shilgan RELINS eritmasi.
O‘zbekistonda kontakt linzalarini yuqori darajada yaxshi parvarish qilish uchun biz E vitamini qo‘shilgan ko‘p funksiyali RELINS eritmasini tavsiya etamiz. Mana nima uchun u eng yaxshi yechim hisoblanadi:

Kompleks parvarish
: barcha bosqichlarni bajaradi — tozalash (mexanik tozalash orqali kirlarni yo‘qotadi), dezinfeksiya qilish (mikroorganizmlarni 4 soatda bartaraf etadi), yuvish, saqlash va konditsionerlik (namlantirish).

Kuchli himoya va namlash
: E vitamini (tokoferol) antioksidant ta’sirga ega, ko‘z to‘qimalarini UF-zararlanishdan himoya qiladi. Gialuron kislotasi linzaning uzoq vaqt nam turishini ta’minlab, kun davomida ko‘z qurishi va noqulay hissiyotlar paydo bo‘lishining oldini oladi.

Linzalarni saqlash
: barcha turdagi kontakt linzalarning optik va fizikaviy xususiyatlarini saqlaydi.

Gipoallergen qulaylik
: formula sezgir ko‘zlar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, zo‘riqish xavfini kamaytiradi.

Qulaylik
: Taqishdan oldin linzani eritmadan chayish kerak emas — darhol foydalanish mumkin.

E vitamini qo‘shilgan RELINS eritmasidan foydalanish – linzalarni to‘g‘ri parvarish qilish va O‘zbekiston sharoitida ko‘z sog‘ligini saqlash uchun ishonchli tanlovdir. Bu O‘zbekistondagi linzalar uchun eng yaxshi eritma bo‘lib, samaradorlik, xavfsizlik va qulaylikni o‘zida jamlagan. Har kuni benuqson ko‘rish uchun tavsiya etilgan vositalar yordamida kontakt linzalarni tozalash va kontakt linzalarni saqlash bosqichlariga qat’iy rioya qiling.

MAHSULOTLARIMIZ