Ko'z tomchilari haqida to'liq qo'llanma — maqola rasmi

Ko‘z tomchilari: Ko‘z salomatligi uchun to‘liq qo‘llanma

Ko‘z tomchilari: Ko‘z salomatligi uchun to‘liq qo‘llanma

Young,Woman,Putting,Eye,Drops,At,Home

Ko‘z tomchilari bolalar va kattalarda ko‘z kasalliklarini davolash hamda ko’zdagi noqulaylikni bartaraf etishda muhim vosita hisoblanadi. Ushbu dori vositalari keng qamrovli davolovchi, profilaktik, viruslarga qarshi, mikroblarga qarshi ta’sirga ega. Tomizilgandan so‘ng, ular tezda sklera orqali o‘tib, ko‘zning chuqur qatlamlariga yetadi. U yerda ular namlikni tiklaydi, vitaminlar bilan to‘yintiradi, dezinfeksiya qiladi va davolash ta’sirini ko‘rsatadi.

Ko‘z tomchilarining samaradorligi avvalo to‘g‘ri tayinlashga bog‘liq. Faqatgina oftalmolog-shifokor ko‘rik va diagnostika asosida mos dorilarnilarni tanlab berishi mumkin. O‘zini o‘zi davolash (instruksiyaga qarab mustaqil qo‘llash) qat’iyan man etiladi va xavfli.

Ko‘z tomchilari – eng ko‘p qo‘llaniladigan dori shakli. Faol modda kon’yunktival bo‘shliqdan tez so‘riladi va ko‘z to‘qimalariga kirib boradi. Mahalliy terapevtik ta’sir ko‘rsatib, noxush simptomlarni yengillashtiradi va og‘ir kasalliklar (masalan, katarakta, glaukoma) rivojlanishining oldini oladi. Mutaxassis bilan maslahatlashmasdan hech qanday dori vositasini qo‘llash mumkin emas.

Ko‘z tomchilari turlari: ta’siriga ko‘ra tasnifi

Farmatsevtika bozori bugungi kunda bolalar va kattalar uchun keng turdagi dorilarni taklif etadi. Ularni asosan terapevtik ta’siri va tarkibiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

• Mikrobga qarshi tomchilar: Infeksiyani keltirib chiqaruvchilarga (bakteriyalar, viruslar va zamburug‘lar) qarshi kurashadi. Bakteriyalarga qarshi, viruslarga qarshi va zamburug‘larga qarshi vositalarni oʻz ichiga oladi  
• Yallig‘lanishga qarshi tomchilar: Yallig‘lanish simptomlarini bartaraf etadi
• Allergiyaga qarshi tomchilar: To‘qimalarning allergenga bo‘lgan reaksiyasini neytrallovchi komponentlarga ega
• Glaukomaga qarshi tomchilar: Ko‘z suyuqligining chiqishini yaxshilash yoki uning ishlab chiqarilishini kamaytirish orqali ko‘z ichidagi bosimni pasaytiradi
•Kataraktaga qarshi tomchilar: Ko‘z gavharining xiralashishini sekinlashtiradi. To‘qimalarni oziqlantiradi va oqsil cho‘kindilarini eritishga yordam beradi
• Metabolik tomchilar: ko‘z to‘qimalaridagi almashinuv jarayonlariga yordam beradi
• Namlovchi tomchilar: O‘zbekistonning quruq iqlimida va kompyuter qarshisida uzoq ishlaydigan insonlar uchun katta muammo boʻlgan quruq ko‘z sindromining (QKS) asosiy belgilari – achishish, «qum to’lishi» hissi, noqulaylik va charchoqni oladi
• Diagnostik tomchilar: Ko‘z tekshiruvlarida qo‘llaniladi (masalan, gavharni kengaytirish uchun)

Aksatiyat dorilar kompleks tarkibga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishda ta’sir qiladi (masalan, bakteriyaga qarshi + yallig‘lanishga qarshi). Qaysi birini tanlash kasallik sababiga bogʻliq boʻlib, uni faqat oftalmolog aniqlashi mimkin.

Muayyan ko’rish muammolari uchun echimlar

Quruq ko‘z: Achishish, «qum», kontakt linzalar, iqlim. 

Aksatiyat dorilar kompleks tarkibga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishda ta’sir qiladi (masalan, bakteriyaga qarshi + yallig‘lanishga qarshi). Qaysi birini tanlash kasallik sababiga bogʻliq boʻlib, uni faqat oftalmolog aniqlashi mimkin. Quruq ko‘z: Achishish, «qum», kontakt linzalar, iqlim. Muammo ayniqsa O‘zbekistonning quruq iqlimi, kontakt linzalardan foydalanish, yoshga bog‘liq o‘zgarishlar va kompyuter qarshisida uzoq ishlash sababli keng tarqalgan. Namlovchi ko‘z tomchilari – ko‘z salomatligining va quruq ko‘z sindromi (QKS) profilaktikasi asosi. Ular ko‘z yoshi yetishmovchiligini qoplaydi, noqulaylikni kamaytiradi. Bunday vositalar ko‘pincha «kompyuter ko‘rish sindromi» yechimi hisoblanadi. Ular tabiiy mikroflorani qo‘llab-quvvatlaydi va kasalliklardan himoya qiladi. O‘zbekiston aholisi uchun bu – ko‘rish qobiliyatini saqlashda muhim jihat. 

Kontakt linzalar: Namlanish, tozalash.

Kontakt linzalarni taqish uchun maxsus parvarish va ko‘zni namlash talab etiladi. Noto‘g‘ri parvarish koʻz qurishi va zoʻriqishiga olib keladi. Linzalar uchun maxsus eritmalar ularni tozalayda, dezinfeksiya qiladi va saqlaydi. Kontakt linzalarga mos keladigan namlovchi tomchilar linzani yechmasdan ham tomizilishi mumkin, noqulaylikdan darhol halos etadi. Bu – ko‘zni parvarish qilishning muhim qismi.

Allergiya: Qichishish, qizarish (mavsum, maishiy kimyo).

Mavsumiy gul va daraxt changlari, maishiy kimyo, smog – O‘zbekistonda allergik kon’yunktivitning eng ko‘p tarqalgan sabablaridan. Allergiyaga qarshi ko‘z tomchilari (tomir toraytiruvchi, gistamin bloklovchi, membranani barqarorlashtiruvchi, gormonal) qichishish, qizarish va shishni kamaytiradi. Shuni unutmaslik kerakki, ular allergiyaning sababini emas, balki simptomlarini davolaydi. Kuchli smog sharoitida qo‘shimcha himoya vositalaridan foydalanish shart.

Yallig‘lanish: Kon’yunktivit, yiring, qizarish.

Yiring oqishi, kuchli qizarish – bu bakterial yoki virusli infeksiya belgisi (kon’yunktivit, blefarit, keratit). Bu holatlarda faqat shifokor tomonidan tayinlangan mikrobga qarshi tomchilar (bakteriyalarga qarshi yoki viruslarga qarshi) qo‘llanishi kerak. O‘zini o‘zi davolash nafaqat samarasiz, balki xavfli ham.

Kompyuter: Charchoq, zo‘riqish.

Uzoq vaqt davomida ekranga tikilib ishlash akomodatsiya spazmini, quruqlik va charchoqni keltirib chiqaradi. Namlovchi ko‘z tomchilari va ko‘z mashqlari (muntazam tanaffuslar, gimnastika) – eng yaxshi profilaktika. Maxsus tomchilar zo‘riqishni kamaytiradi, ko‘z yuzasini namlaydi.

Chang/Smog: Himoya.

O‘zbekiston shaharlaridagi havoda chang koʻpligi va smog ko‘zlarni zoʻriqtiradi, yallig‘lanish va allergiyalar xavfini oshiradi. Namlovchi ko‘z tomchilari himoya qatlamini hosil qiladi. Quyoshdan saqlovchi ko‘zoynak taqish ham ko‘zni zoʻriqtirish omillari bilan aloqani kamaytiradi. Bu – murakkab ekologik sharoitlarda ko‘rish qobiliyatini saqlashning muhim elementi.

Operatsiyadan keyin: Yara bitishi.

Oftalmologik operatsiyalardan keyin (lazerli korreksiya, linza almashtirish, keratoplastika va boshqalar) yara bitishini tezlashtiradigan, yallig‘lanish va infeksiyaning oldini oladigan, ko‘zni namlaydigan maxsus ko‘z tomchilari zarur. Bunday dorilarni faqat shifokor tayinlaydi. To‘liq tiklanish uchun ushbu dorilarni to‘g‘ri qo‘llash oʻta muhim.

Bolalar: Xavfsiz davolash.

Bolalar ko‘zi juda sezgir. Har qanday davolash (kon’yunktivit, jarohatlar, diagnostika) faqat maxsus, xavfsiz preparatlar bilan amalga oshirilishi kerak. Dozalash bolalar oftalmologi tomonidan qat’iy belgilanadi. Tomchi tomizish texnikasi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

O‘zbekiston klinikalarida oftalmolog va optometristlarga muntazam murojaat qilish — muammolarni erta aniqlash va to‘g‘ri davolash garovi. Shuningdek, ko‘rishni yaxshilash yoki boshqa holatlarni tuzatish uchun ko‘z tomchilarini shifokor tanlashi kerak.

Namlovchi tomchilar: qulaylik va himoya asosi

Ko‘z namlovchi tomchilari — quruq ko‘z sindromi (QKS), kontakt linzalar taqish, gormonal terapiya, allergiya, uzoq muddat monitor qarshisida ishlash va O‘zbekistonning quruq iqlimida ko‘z salomatligini saqlashda beqiyos vosita. Ular:

• Tezda noqulaylikni (achishish, “qum toʻlishi” hissi) yo‘qotadi.  
• Ko‘zni himoya qiluvchi tabiiy ko‘z yosh pardasini qo‘llab-quvvatlaydi.
• Jiddiy qarshi ko‘rsatmalar va yon ta’sirlarga ega emas.
• Retseptsiz sotiladi.
• Ofis xodimlari, haydovchilar, linza taquvchilar, operatsiyadan keyingi bemorlar va changli hududlarda yashovchilarga tavsiya etiladi.

RELINS ko‘z tomchilari: Har tomchida qulaylik va himoya

RELINS ko‘z tomchilari ko‘zlarni kompleks parvarish qilish, to‘qimalarni oziqlantirish va hujayralarni oksidlovchi stressdan himoya qilish uchun ishlab chiqilgan. Ularni muntazam qo‘llash ofisda, o‘qishda va ishlaganda ko‘ziga ko‘p ogʻirlik tushadigan insonlarga, changli yoki tutunli muhitda yashaydigan va ishlaydiganlarga tavsiya etiladi. RELINS tomchilari koʻrish qobiliyatini saqlash va QKS profilaktikasiga yordam berish orqali, quruqlik va zoʻriqishni samarali bartaraf etadi, ko‘zning tabiiy himoya tizimini mustahkamlaydi.

RELINS namlovchi tomchilar turkumi:

  1. A, E, V6 vitaminlari qoʻshilgan RELINS:
    • •Ko‘z yuzasini chuqur namlaydi.
    • • To‘qimalarni oziqlantiradi, qon tomir devorlarini mustahkamlaydi.
    • • A vitamini qorong‘ilikka moslashishni yaxshilaydi, qurishning oldini oladi.
    • • E vitamini UV nurlanishidan va erkin radikallardan himoya qiladi.
    • • V6 vitamini ko‘z to‘qimalarini oziqlantiradi, ”ko‘z uchishi”ning oldini oladi.
    • • Kurs tarzida qo‘llanadi (30 kungacha).
  2. L-karnitin va L-mentol qoʻshilgan RELINS:
    • • Tarkibida osmoprotektorlar bor.
    • • Ko‘z yosh suyuqligining tabiiy muvozanatini saqlaydi.
    • • Kompyuter foydalanuvchilari (ofis xodimlari, talabalar) uchun ayni muddao.
    • • Ko‘zdagi charchoq va zo‘riqishni bartaraf etadi.
  3. 0,41% gialuron kislotasi qoʻshilgan RELINS Active:
    • • Yuqori konsentratsiyadagi natriy gialuronat chuqur va uzoq muddatli namlanishni ta’minlaydi.  
    • • Ko‘z yuzasida namlikni ushlab turuvchi himoya “to‘r” hosil qiladi.
    • • Kuchli ko‘z qurishidagi noqulaylikni darhol bartaraf etadi.
    • • “Quruq ko‘z” sindromi rivojlanishidan ishonchli himoya qiladi.
  4. 2% dekspantenol va 0,15% gialuron kislotasi qoʻshilgan RELINS:
    • • Dekspantenol (2%) to‘qimalarning tiklanishini rag‘batlantiradi.   
    • • Gialuron kislotasi uzoq muddat namlanishni ta’minlaydi.
    • • Shikastlanishlardan va oftalmologik operatsiyalardan (LASIK, keratoplastika, katarakta olib tashlash, linza almashtirish) keyin tavsiya etiladi.
    • • Operatsiyadan keyingi davrda ko‘zdagi quruqlik, achishish va yoshlanishini bartaraf etadi.

Kontakt linzalarni tozalash uchun RELINS eritmalari:

Kontakt linzalariga mukammal parvarish uchun RELINS Classic:
• Linzalar samarali tozalanishi va dezinfeksiya qilinishini ta’minlaydi.    
• Linzalarni yumshoq va elastik holatda saqlaydi.
• Tarkibida linzalarni taqishda ko‘zlarni namlaydigan gialuron kislotasi va E vitamini bor.
• Izotonik, pH tabiiy ko‘z yoshiga mos keladi.

  • Namlovchi ko‘z tomchilari sifatida ham ishlatilishi mumkin – linzalarni yechmasdan tomiziladi va darhol noqulaylikni bartaraf etadi. Bu O‘zbekistondagi faol linza taquvchilar uchun muhim ustunlik hisoblanadi.

Moddalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlash va himoya uchun tomchilar

Antioksidant ko‘z tomchilari: Ko‘z to‘qimalarini erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qiladi, hujayralarning qarishini sekinlashtiradi, qon tomirlarini mustahkamlaydi. To‘r parda va muguz parda distrofiyalarida, diabetik asoratlardа, linza taqishda va operatsiyadan keyingi profilaktikada tavsiya etiladi. Noqulay sharoitlarda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi.

  • Kataraktada ko‘rishni yaxshilash uchun tomchilar: Ko‘z gavharining xiralashuvi ilk bosqichlarida jarayonni sekinlashtirish uchun tayinlanadi. Quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    • • Moddalar almashinuvini tartibga soluvchi va xiralashuvni bartaraf qiluvchi vositalar.
    • • Hujayra nafas olishini va regeneratsiyasini faollashtiruvchi preparatlar.
    • Ko‘rishni yaxshilash uchun vitamin va aminokislotalar qoʻshilgan ko‘z tomchilari – hujayra membranalarini tiklaydi va metabolizmni rag‘batlantiradi (ko‘rish o‘tkirligi uchun tomchilar, ko‘rish tiniqligi uchun tomchilari).

Qanday qilib ko‘z tomchilarini to‘g‘ri tomizish kerak

Davolash samaradorligi tomchilarni to‘g‘ri qo‘llash texnikasiga bog‘liq:

  1. Qo‘llaringizni yuving va dezinfeksiya qiling.
  2. Flakonni qo‘lda ushlab xona haroratigacha iliting.
  3. Boshni orqaga engashtiring.
  4. Pastki qovoqni pastga tortib, “cho‘ntak” hosil qiling.
  5. Yuqoriga qarang.
  6. Kerakli tomchini kon’yunktiva “cho‘ntagi”ga tomizing, flakon uchini ko‘z yoki qovoqqa tekkizmang.
  7. Ko‘zni yuming, eritmaning tarqalishi uchun biroz pirpirating.
  8. Muhim! 1-2 daqiqa davomida ko‘zning ichki burchagini (burun yonidagi qism) barmoq bilan sekin bosib turing. Bu dori moddalarining burun–ko‘z yoshi kanaliga o‘tib ketishini va umumiy (butun tanaga) ta’sirini oldini oladi. Zarur bo‘lsa, 10-15 daqiqa tanaffus qilib, boshqa dorini tomizing.

Bolalar uchun qo‘llash: Bolani yotqizing, ko‘zlarini yumishini so‘rang. Pastki qovoqni ehtiyotlik bilan pastga tortib, tomchini kon’yunktiva “cho‘ntagi”ga tomizing. Tomizgandan so‘ng, ko‘zning ichki burchagini barmoq bilan sekin bosib turing. Agar ko‘zda yiring bo‘lsa, avval nam steril tampon bilan ehtiyotlik bilan tozalang (tashqi burchakdan ichki burchakka qarab).

Yodda tuting: Ko‘z salomatligi va ko‘rish qobiliyatini saqlashning asosi nafaqat tomchilarni to‘g‘ri qo‘llash, balki malakali oftalmolog va optometristlarga o‘z vaqtida murojaat qilishdir. O‘zbekistondagi klinikalarda muntazam ko‘riklardan o‘tish ko‘z muammolarini erta aniqlashga va optimal davolashni, jumladan, ko‘rishni yaxshilash yoki boshqa holatlarni tuzatish uchun kerakli ko‘z tomchilarini tanlashga yordam beradi. O’zini o’zi davolash xavfli – ko‘z salomatligini faqat mutaxassisga ishonib topshiring.

MAHSULOTLARIMIZ

Lazer korreksiyasi va to'r parda ko'chishi haqida maqola rasmi

To‘r parda ko‘chishi: sabablari, belgilari va O‘zbekistonda zamonaviy davolash usullari

To‘r parda ko‘chishi: sabablari, belgilari va O‘zbekistonda zamonaviy davolash usullari

Woman is holding eyeglasses in her hands in optician store.

To‘r parda – ko‘zning eng nozik nerv to‘qimasi bo‘lib, yorug‘likni obrazlarga aylantirish uchun javob beradi. Uning ajralishi xavfli holat hisoblanadi: ichki qatlamni oziqlantiruvchi tomirlardan ajralib qoladi. Shoshilinch jarrohlik amaliyotisiz bu tuzalmas ko‘rlikka olib keladi. O‘zbekistonda bu kasallik nisbatan kam uchraydi, biroq ajralishga olib keluvchi to‘r parda yirtilishlari, asosan, yoshi katta odamlarda ko‘proq uchraydi.

Kasallik nega rivojlanadi?

Asosiy sabab — yoshga bog‘liq o‘zgarishlar. 40 yoshdan keyin ko‘zning ichini to‘ldirib turuvchi shaffof jelega o‘xshash modda — shishasimon modda tarkibidagi gialuron kislotasi kamayadi, u qisqaradi va to‘r pardani o‘z ortidan tortadi. Hosil bo‘lgan yirtilishlardan suyuqlik o‘tib, to‘r pardani ko‘chirib yuboradi.

Yuqori xavf guruhlari:

• Uzoqni yaxshi ko‘rmaslik 6 dioptriyadan katta bo’lganlar
• Ko‘z operatsiyalaridan keyin (ayniqsa, katarakta olib tashlanganidan so‘ng)
• Qandli diabet bilan og‘rigan va retinopatiyasi bo‘lgan bemorlar
• Naslida to‘r parda distrofiyasi o bo‘lgan insonlar
• Ko‘z olmasi shikastlangan bemorlar

Xavotirli simptomlar: Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

To‘r parda ajrashi dastlab beozor ko‘ringan alomatlar bilan boshlanadi:

  1. Ko‘z qirida “Chivinlar” va qora nuqtalar – qon quyilishidan darak beradi 
  2. Yorqin chaqnashlar (fotopsiya) – shisha moddasi tortilishining belgisi 
  3. Buyumlar shaklining buzilishi (metamorfopsiya) 
  4. Ko‘rishning xiralashishi 
  5. Ko‘rish maydoni chetlarida “parda” paydo bo‘lishi

Muhim jihat: Ko‘p bemorlar tongda, uyg‘ongandan so‘ng ko‘rish vaqtinchalik yaxshilanishini qayd etishadi. Yotgan holatda to‘r parda “tekislanadi”, biroq tik turganda ajralish yana davom etadi.

To‘r parda ajralishining turlari: Diagnostika xususiyatlari

Toshkent, Samarqand va Buxoro klinikalarida uch xil tasnif qo‘llaniladi:

  1. Mexanizmi bo‘yicha:
  • Regmatogen – yirtilish sababli yuzaga keladi. Ko‘proq uzoqni ko‘ra olmaydigan bemorlarga xos.
  • Traksion – diabetik retinopatiyada paydo bo‘ladigan tolachalar ta’sirida. Ko‘pincha aralash shaklga o‘tadi.
  • Ekssudativ: Yirtilishlarsiz. O‘sma yoki yallig‘lanish sababli rivojlanadi.
  1. Zararlanish maydoni bo‘yicha:

• Lokal
• Keng tarqalgan
• Subtotal
• Total

3. Muddati bo‘yicha:
• Yangi (1 haftagacha)  
• Nisbatan eski (1–3 hafta)
• Yetilgan (3 haftadan ortiq)

O‘zbekistonda zamonaviy davolash usullari

Lazer koagulyatsiyasi – ajralishsiz kechadigan periferik yirtiqlarda “oltin standart” hisoblanadi. Jarayon ambulator sharoitda, mahalliy anesteziya bilan 15-20 daqiqa davomida o‘tkaziladi. Argon lazerni qo‘llash orqali xavfli zonani o‘rab turadigan “to‘siq” choklar hosil qilinadi..

Ajralish rivojlangan hollarda qo‘llaniladigan usullar:

1. Pnevmoretinopleksiya
• Ko‘z bo‘shlig‘iga steril gaz yuboriladi 
• Bemor 5-7 kun davomida boshini maxsus holatda ushlab turishi lozim
• O‘z vaqtida murojaat qilinganda samaradorlik 85 foizgacha

2. Skleral plombalash
• Skleraga silikonli “yamoq” o‘rnatiladi
• Usul 3-5 kunlik statsionar sharoitda davolanishni talab qiladi
• Reabilitatsiya muddati odatda 2-4 hafta

3. Vitrektomiya 25G
• Mikro kesiklar orqali shisha tanasi olib tashlanadi 
• Uning o‘rniga maxsus gaz yoki silikon moy kiritiladi
• Gigant yirtiqlar yoki diabetik ajralishlarda qo‘llaniladi

4. Sklerani ballonlash
• To‘r pardani joyiga bosib turish uchun vaqtincha ballon o‘rnatish 
• Plombalashga nisbatan kamroq jarohat yetkazadigan muqobil usul

Reabilitatsiya: Natijani qanday saqlash mumkin?

O‘zbekistondagi klinikalarda operatsiyadan so‘ng bemorlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

  1. Boshni bir holat ushlab turish (ayniqsa pnevmoretinopleksiyadan keyin)
  2. Istisno etish kerak bo‘lgan holatlar::
    • • Og‘ir yuk ko‘tarish (>3 kg) (1 oy)
    • • Egilish, sakrash, hammomga kirish (2 oy)
    • • Suzish (3 oy)
  3. 2% dekspantenol va 0,15% gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS ko‘z tomchilaridan foydalanish:
    • • Dekspantenol: shikastlangan to‘qimalarning regeneratsiyasini tezlashtiradi
    • • Gialuron kislotasi: O‘zbekistonning issiq va quruq iqlimida ko‘z qurishidan himoya qiladi

Prognoz va profilaktika

Ko‘rish qobiliyatini tiklash imkoniyati:

• 1-hafta ichida operatsiya qilganda – 95%
• 1 oydan keyin murojaat qilganda – 50%
• Ajralish 3 oydan oshgan hollarda – <10%

Xavf guruhi uchun tavsiyalar:

• Har yili keng qorachiqni oftalmoskopiya qilish 
• Qandli diabetda – qand miqdorini nazorat qilish 
• Sport bilan shug‘ullanganda himoya ko‘zoynaklari taqish 
• Ko‘z jarohatlarida – shoshilinch ko‘rikdan o‘tish

Toshkent, Samarqand va Buxoroda maxsus oftalmologiya markazlari faoliyat yuritadi, ular to‘r parda ajralishida zudlik bilan jarrohlik operatsiyasi o‘tkazadi. Yodda tutuing, “parda” yoki chaqnashlar (fotopsiyalar) paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish zarur!

MAHSULOTLARIMIZ

Bolalarda ko'rish tekshiruvi — tungi linzalar haqida maqola rasmi

Ko‘rishni tiklash uchun tungi linzalar: O‘zbekistondagi zamonaviy yechimlar

Ko‘rishni tiklash uchun tungi linzalar: O‘zbekistondagi zamonaviy yechimlar

shutterstock_1038421897

Ortokeratologiya nima?

Ortokeratologiya — bu ko‘rishni korreksiya qilishning zamonaviy usuli bo‘lib, maxsus shakldagi qattiq gaz o‘tkazuvchi linzalar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu linzalar uyqu vaqtida muguz parda yuzasini yumshoq modellashtirib, kunduzi ko‘zoynaksiz yoki odatiy linzalarsiz aniq ko‘rishni ta’minlaydi. 

Tungi linzalar qanday ishlaydi? 

Uxlashdan oldin taqiladi – bemor ularni tunda 8-10 soat davomida ishlatadi. Muguz pardaning shaklini tuzatadi – linzalar epiteliy hujayralarini boshqariladigan tarzda qayta taqsimlab, ma’lum zonalarda bosim hosil qiladi. Bu muguz parda qiyaligining vaqtinchalik o‘zgarishiga olib keladi. 

Kunduzi samarani saqlab qoladi – ertalab linzalar yechilgach, ko‘rish 12-18 soat davomida aniq bo‘lib qoladi. Bu samara muguz parda o‘z holatiga qaytmaguncha saqlanadi. Agar linzalarni taqish to‘xtatilsa, ko‘rish yana avvalgi miyopiya darajasiga qaytadi. 

To‘planadigan samara – tun linzalarini muntazam ishlatish miyopiyaning (uzoqni ko‘ra olmaslik) rivojlanishini sekinlashtiradi. 

O‘zbekistonda tungi linzalar kimlarga mos keladi? 

Guruh Ko‘rsatmalar Cheklovlar
6-18 yosh bolalar Rivojlanayotgan miopiya — 6D gacha Oftalmolog kuzatuvi
60 yoshgacha kattalar Uzoqni yaxshi ko‘rmaslik — 6D gacha, astigmatizm Keratokonus, yupqa muguz parda
Faol insonlar Sport, suzish, sayohat Yallig‘lanish kasalliklari

O‘zbekistonda usul Toshkent, Samarqand va Buxoro klinikalarida qo‘llaniladi.

4 asosiy afzallik

  1. Kun davomida erkinlik – uyg‘ongandan keyin ko‘zoynak yoki oddiy linzalar kerak emas. 
  2. Bolalarda miopiya sekinlashishi – ilmiy jihatdan isbotlangan samara. Tungi linzalardan foydalanish ko‘zoynak yoki kontakt linzalarga nisbatan uzoqni yaxshi ko‘rolmaslik rivojlanishini 30-60% ga sekinlashtiradi. Tungi linzalar miopiyani korreksiya qilish uchun FDA tomonidan tasdiqlangan. 
  3. Xavfsizlik: Kislorod o‘tkazuvchi materiallardan tayyorlanadi. 
  4. Qaytariluvchanlik – linzadan foydalanish to‘xtatilganda muguz parda o‘z holatiga qaytadi.

Linzalarnu qanday parvarish qilish kerak? Muhim qoidalar

To‘g‘ri parvarish ikki bosqichni o‘z ichiga oladi:

  1. Chuqur mexanik tozalash:
    • • RELINS PERFECT CLEANER eritmasi  oqsil cho‘kindilarining 99% gacha qismini yo‘q qiladi.
    • • Mexanik ta’sir: Kolloid zarrachalar ifloslanishni “ajratib chiqaradi”.
    • • Kimyoviy tozalash: PAV lipidlarni eritadi.
  2. Saqlash va dezinfeksiya qilish:

Nima sababdan RELINS PERFECT CLEANER tungi linzalari uchun ayni muddao?

  • Tabiiy namlovchi: O‘zbekistonning quruq iqlimida linzalarni qurib qolishdan himoya qiladi.
  • Tejamli: Oq rang eritma sarflanishini nazorat qilishni osonlashtiradi.
  • Bolalar linzalari uchun xavfsiz: gipoallergen formula.

O‘zbekistonda tungi linzalarini qayerda tanlash mumkin?

  1. Diagnostika bosqichi:
    • • Keratotopografiya
    • • Muguz parda qalinligini aniqlash
    • • Linzalar shaklini tanlash va moslashishini baholash
    • • Linzalarni to‘g‘ri taqish, yechish va parvarish qilish qoidalarini o‘rgatish
  2. Moslashuv:
    • • Birinchi hafta – oftalmolog nazorati ostida taqiladi
    • • Har 3 oyda ko‘rik

Xizmat muddati: 1 yil. Faqat shifokor tavsiyasiga binoan almashtiriladi!

O‘zbekistonda tungi linzalar maxsus oftalmologik klinikalarda va kontaktli korreksiya kabinetlarida tanlanadi. Bu yerda malakali mutaxassislar zarur tekshiruvlarni o‘tkazib, bemorning individual ko‘rish xususiyatlarini hisobga olgan holda eng maqbul linza variantini tavsiya etadilar.

MAHSULOTLARIMIZ

Oftalmologik tekshiruv — ko'zda operatsiyalar haqida maqola rasmi

Ko‘zda eng ko‘p qilinadigan operatsiyalar: batafsil sharh

Ko‘zda eng ko‘p qilinadigan operatsiyalar: batafsil sharh

Patient,Undergoing,Laser,Eye,Surgery.

Zamonaviy texnologiyalar tufayli Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlaridagi klinikalarda ko‘rish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar 15-30 daqiqada hal qilinadi. Keling, jarroh-oftalmolog eng ko‘p bajaradigan asosiy operatsiyalarni ko‘rib chiqamiz.

Keratoplastika: Mug‘uz pardani ko‘chirib o‘tkazish

Bu operatsiya tug‘ma nuqsonlar yoki jarohatlar oqibatida muguz pardani tiklashga yordam beradi. Mutaxassis mikroskop yordamida donor to‘qimani o‘tkazadi, uni rad etilish xavfini kamaytirish uchun oldindan maxsus ishlov beradi. Jarayon taxminan 30 daqiqa davom etadi va ko‘z dog‘lari, keratokonus, keratoglobus hamda travmatik shikastlanishlarda qo‘llaniladi.

Operatsiyadan keyin bemor 6-12 oy davomida himoya linzalarini taqadi va 1 oy mobaynida antibiotikli tomchilarni qo‘llaydi. Choklar 6 oy-1 yil ichida olinadi..

Muguz pardani krosslinking qilish

Metodika B2 vitamini tomizilgandan so‘ng UV-nurlanish yordamida mug‘uz pardani mustahkamlaydi. Epiteliy olinadi, riboflavin tomiziladi va nur beriladi. Keyin bandaj linza o‘rnatilib, 6 oygacha davom etadigan reabilitatsiya boshlanadi.

O‘zbekistonda krosslinking asosan rivojlanayotgan keratokonus, distrofiya va postlazer keratoektaziyada qo‘llaniladi. Samara 5-10 yil saqlanadi. Mumkin bo‘lgan asoratlar: muguz parda vaqtinchalik xiralashishi yoki yallig‘lanish.

To‘r pardani lazerli koagulyatsiya qilish

Ambulator sharoitda 20 daqiqa ichida argon lazer yordamida o‘tkaziladi. Qorachiq kengaytirilgandan va og‘riqsizlantirilgandan so‘ng, lazer to‘r pardada mikroyopishmalar hosil qilib, uni mustahkamlaydi. O‘zbekistondagi klinikalarda bu usul distrofiya, boshlang‘ich ajralish va diabetik retinopatiyada qo‘llaniladi.

Reabilitatsiya davomida 1 oy mobaynida basseyn, sauna va jismoniy yuklamalarga ruxsat berilmaydi. Keyin bemorlar har yili to‘r pardaning holatini nazorat qilish uchun ko‘rikdan o‘tadi..

Ko‘rishni lazer yordamida tuzatish

LASIK – Eng mashhur usul. Mikrokeratom yordamida parda bo‘lagi kesiladi, ekssimer lazer stromaning bir qismini bug‘latadi, keyin bo‘lak qaytariladi. Ko‘rish 24 soatda tiklanadi. Miopiya (–12D gacha) va gipermetropiyaga (+6D gacha) mos.

Femto-LASIK: Takomillashtirilgan usul, bo‘lak femtosekund lazer yordamida yaratiladi. Natija aniqroq va reabilitatsiya tezroq bo‘ladi.

Super-LASIK:  Aberrometrik tahlil asosida shaxsiylashtirilgan korreksiya. Individual xatoliklarni hisobga olib, maksimal natija beradi.

FRK: Muguz pardasi yupqa bo‘lganda muqobil usul. Epiteliy olib tashlanadi, lazer yuzada ishlaydi. Reabilitatsiya 3-5 kun, ba’zan og‘riq bo‘lishi mumkin.

LASEK: FRKning modifikatsiyasi, epiteliy saqlanadi. Himoya linza talab etiladi, LASIK mumkin bo‘lmaganda qo‘llaniladi.

G‘ilaylik jarrohligi

G‘ilaylik jarrohligi ko‘zlarning to‘g‘ri holatini tiklashga qaratilgan. Mushak faoliyati ortiqcha bo‘lsa (giperfunksiya) – mushak retsessiya (biriktirilgan joyini siljitish) orqali bo‘shatiladi, mushak kuchsiz bo‘lsa – rezeksiya (qisqartirish) orqali mustahkamlanadi. O‘zbekistonda operatsiya yoshi individual belgilanadi – g‘ilay ko‘z turi, og‘ish burchagi, ko‘rish funksiyasi va konservativ davolash natijalariga qarab. Operatsiya 30 daqiqa-1,5 soat davom etadi. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng antibiotikli va yallig‘lanishga qarshi ko‘z tomchilari buyuriladi, shuningdek, binokulyar ko‘rishni rivojlantirish va eng yaxshi funksional natijaga erishish uchun majburiy ortoptik davolash belgilanadi. O‘zbekistondagi klinikalarda g‘ilay ko‘zni (strabizm) aniqlash va jarrohlik yo‘li bilan davolashning zamonaviy usullari mavjud bo‘lib, ular har qanday yoshdagi bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlaydi.

Katarakta fakoemulsifikatsiyasi

Toshkent va boshqa shaharlarda “oltin standart”. 2,2 mm kesma orqali ultratovush yoki lazer yordamida xiralashgan gavhar maydalab olinadi va IOL implantatsiya qilinadi. 15-20 daqiqa davom etadi, chok talab etilmaydi. Zamonaviy linzalar astigmatizm (torik) va presbiopiyani (multifokal) tuzatadi.

Vitrektomiya

Qon quyilishlari yoki murakkab to‘r parda ajralishlarida shishasimon moddani olib tashlash. O‘zbekistonda 25G/27G mikroinvaziv tizimlardan foydalaniladi. Jarayon 3 soatgacha davom etadi, vitreum o‘rniga maxsus eritmalar qo‘yiladi.

Antiglaukomatoz operatsiyalar

Ko‘z ichi bosimini pasaytirishga qaratilgan. Lazer trabekuloplastika (SLT) suyuqlik chiqishini yaxshilaydi, drenajlar (Ahmed, Baerveldt) yangi chiqish yo‘llarini yaratadi. Samara vaqt o‘tishi bilan kamayishi mumkin.

Skleroplastika

Skleroplastika – bu jarrohlik amaliyoti bo‘lib, uning maqsadi skleraning orqa qutbini (ko‘zning tashqi qavati) mustahkamlash va shu orqali miopiya (uzoqni ko‘ra olmaslik) rivojlanishini sekinlashtirishdan iborat. Ushbu usul asosan bolalar va o‘smirlar uchun qo‘llaniladi. Operatsiya davomida kichik kesiklar orqali skleraga biologik yoki sun’iy materialdan tayyorlangan yupqa tasma tikib qo‘yiladi, bu esa ko‘z uchun mustahkamlovchi “karkas” hosil qiladi. O‘zbekistonda skleroplastika ma’lum darajada qo‘llanib kelingan bo‘lsa-da, zamonaviy jahon oftalmologiyasida uning uzoq muddatli samaradorligi hali ham munozarali masala bo‘lib qolmoqda. Miopiyani nazorat qilishning yanada ishonchli va samarali usullari mavjud. Bular: ortokeratologiya (tungi linzalar), Past dozalarda atropin qo‘llash, miopiyani nazorat qilishga mo‘ljallangan maxsus ko‘zoynak linzalari bo‘lib, ushbu usullar mustahkam dalillarga ega va dunyoning yetakchi oftalmologiya markazlarida keng qo‘llanadi. Skleroplastika o‘tkazish haqida qaror har bir holatda individual tarzda qabul qilinadi. Oftalmolog miopiyaning rivojlanish tezligi, bolaning umumiy holati va mavjud muqobil nazorat usullarini inobatga olgan holda barcha omillarni chuqur baholagach, maqsadga muvofiqligini aniqlaydi.

Yangi hosilalarni olib tashlash

Toshkentdagi jarrohlar quyidagi amaliyotlarni bajaradi:

• Pterigiumni (qanot parda) olib tashlash

• Xalyazionni olib tashlash

• Ko‘zni olib tashlash va implant qo‘yish (og‘ir jarohat yoki o‘sma yuzaga kelganda)

Operatsiyadan keyingi reabilitatsiya

Tezroq sog‘ayish uchun O‘zbekistondagi oftalmologlar

2% dekspantenol va 0,15% gialuron kislotasi qo‘shilgan RELINS ko‘z tomchilari va 5% dekspantenol, allantoin qo‘shilgan RELINS-GEL Tiklanish gelini tavsiya etadilar:

Dekspantenol – to‘qima regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, LASIK yoki keratoplastika kabi operatsiyalardan so‘ng muguz parda epitelizatsiyasini tezlashtiradi.

Gialuron kislotasi – O‘zbekistonning quruq iqlimi sharoitida ko‘z qurib qolishining oldini oladi, quruq iqlimda himoya matritsasini yaratadi.

Oftalmologiyada klinik amaliyot bu preparatlar refraksion operatsiyalardan keyingi reabilitatsiyani sezilarli qisqartirishini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonda operatsiyalar o‘tkaziladigan markazlar

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy ko‘z mikroxirurgiyasi tibbiyot markazi (Toshkent)

Femtolazer va 27G vitrektomiya uskunalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan xususiy klinikalar

 Muhim: Klinikani tanlashda mavjud texnologiyalar muhim ahamiyatga ega. Murakkab patologiyalarda (keratoglobus, traktsion ajralish) respublika darajasidagi markazlarga murojaat qilish tavsiya etiladi. 

MAHSULOTLARIMIZ